21 oktyabr' – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Makka shahridagi «Hotel Makkah by Millennium» mehmonxonasida vatandoshlar ishtirokida ma'rifiy tadbir o'tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Unda o'zbek tilining mavqeini mustahkamlash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi. Bu borada xorijdagi ko'plab universitetlarda o'zbek tili markazlari tashkil etilgani va bu ta'lim muassasalarida o'zbek tilini o'rganishga bo'lgan qiziqish yil sayin ortib borayotgani qayd etildi.
Ta'kidlanganidek, hozirgi kunda er yuzida o'zbek tilida so'zlashuvchilar soni 60 milliondan oshdi, xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq oliy o'quv yurtida o'zbek tili o'rgatilmoqda.
Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan asli o'zbek bo'lgan buxoriylar diasporasi vakillari millatimiz aslini aks ettiruvchi o'zbek tilini e'zozlash, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifaga aylanib borayotganini qayd etdilar.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida Saudiya hududida o'zbek tilini keng targ'ib qilish, diaspora vakillari farzandlarining milliy tilimizni mukammal egallashi uchun maxsus kurslar tashkil etish va ularni zarur adabiyotlar bilan ta'minlashga kelishib olindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global o‘zgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, "Fikr qoldirish" tugmasi orqali o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!
https://uzbekistan2030.uz/uz-Cyrl/muhokama