Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2026   |   20 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2026, 20 Rajab, 1447

Ko'zi ojiz musulmonlar: "Qur'onni o'qiy olmayman", demayapti

29.07.2022   1415   2 min.
Ko'zi ojiz musulmonlar:

Turkiyaning Shonliurfa shahri muftiysi va shahar hokimligi ko'zi ojizlar uchun boshlagan "Brayl alifbosi va Qur'on kursi" davom etmoqda.

Kursga qatnaydigan o'nlab ko'rish qobiliyati zaif kishilar har bir harfga tegib, Qur'on o'qib, qalblarini uning yog'dusi bilan munavvar qilishmoqda.

Qur'on kursi o'qituvchisi Zaynab Oqboshning aytishicha, so'nggi yillarda Din ishlari boshqarmasi nogironlar uchun turli kurslar tashkil qilgan.

Ko'zi ojizlar uchun Brayl alifbosi kursi 6 yil oldin ish boshladi: "Ko'rish qobiliyati cheklangan birodarlarimiz va opa-singillarimiz Shonliurfa shahar munitsipalitetidagi nogironlarni muvofiqlashtirish va hayot markazida Qur'onni o'rganmoqdalar. Bundan tashqari, talabalarimiz Fiqh, Sira va Islom asoslarini o'rganishadi", - deydi Zaynab Oqbosh.

Ko'rish qobiliyati zaif odamlar barmoq uchlari bilan o'qishni o'rganishini aytib, Oqbosh Brayl alifbosini o'rganish juda qiyin va ko'p kuch talab qilishini ta'kidladi.

"Talabalarimiz teginish, idrok va hissiyot yordamida o'qiydilar. Bu juda qiyin. Ammo hech kim: "Men o'qiy olmayman, buni qila olmayman", - demaydi.

Islam.ru xabar berishicha, 10 yoshli talabalardan biri Iremsu Sabax kursni o'tgan hafta boshlaganini, qisqa vaqt ichida Brayl alifbosini o'rganib, Qur'on o'qishni boshlaganidan xursand ekanligini aytdi.

"Men Qur'onni o'rganyapman va juda xursandman. Onam va ustozim Zaynabga qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizni qo'llab-quvvatlaydigan har bir kishi uchun ibodat qilamiz. Men har doim Qur'on o'qishni orzu qilardim. Orzuimni amalga oshirdim. Mening do'stlarimga maslahatim hech qachon voz kechmaslikdir",- deb fikrlarini bo'lishdi 10 yashar muslima ayol.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Yoshlarni chalg‘itayotgan g‘oyalar

08.01.2026   1752   1 min.

Yunusxon domla Mamarasulov

VIDEO