“Zakot ozod, aqlli, balog'atga etgan musulmonga,nisobga to'la ega bo'lsa va nisobga ega bo'lganiga bir yil to'lsa, vojib bo'ladi”. Zakotning vojib bo'lishi Alloh taoloning:
وآتوا الزكاة
“Zakotni beringlar", oyati karimasiga va Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam):
أدوا زكاة أموالكم
–“Mollaringizning zakotini ado etinglar”, deganlariga binoandir. Butun Islom ulamolari zakotning vojibligiga ittifoq qilishgan.
Bu o'rinda “vojib”dan murod“farz”dir.Chunki unning farzligiga hech qanday shubha yo'kdir.
Zakot vojib bo'lishi uchun nisob miqdoridagi mulk bo'lishi lozim. Chunki, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) zakot vojib bo'lishining sababini nisob bilan belgilaganlar. (Zakot vojib bo'lishi uchun nisobga) bir yil to'lishi lozim, chunki mol o'sadigan muddat bo'lishi kerak. Shariat uni bir yil bilan belgilagan. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Molda, unga bir yil o'tmaguncha zakot yo'q”, deganlar. Zero, yil, har fasllarni o'z ichiga olgani uchun, unga molni o'stirish imkonni beradi. Va ko'pincha fasllarda narxlar o'zgaradi, shu boisdan hukm ko'piga bog'langan. So'ng, zakotni darhol (berish) vojib deyilgan, chunki mutlaq (biror narsaga bog'lanmagan) buyruq taqozosi ana shunday. Ba'zi rivoyatda darhol berish vojib emas, chunki butun umr ado qilish vaqtidir, deyilgan. Shuning uchun beparvolik natijasida nisob nobud bo'lishi sababli zomin bo'lmaydi (zakot bermaydi).
وليس على الصبي والمجنون زكاة
“Balog'atga etmaganlarga va majnunlarga zakot vojib bo'lmaydi”.
ومن كان عليه دين يحيط بماله فلا زكاة عليه
"Kimning zimmasida molini qamragan (nisob miqdoridagi moliga teng yo oshiq) qarzi bo'lsa, unga zakot vojib bo'lmaydi".
وإن كان ماله أكثر من دينه زكى الفاضل إذا بلغ نصاباً
“Agar moli qarzidanoshiq bo'lsa oshganiagar nisobga etsa, shundan zakot beradi.
Molini qamragan qarzdan murod bandalar tomonidan talab qiluvchisibo'lgan qarzlardir.Nazr va kafforat qarzlari bunga kirmaydi.
ومن له على آخر دين فجحده سنين ثم قامت له به بينة لم يزكه لما مضى
"Kimning birov zimmasida qarzi bo'lib, qarzdor yillar mobaynida qarzini inkor qilgan bo'lsa, so'ng qarzga hujjat topilsa, o'tgan yillari uchun zakot bermaydi".
Hazrati Ali (roziyallohu anhu): "Berkitilgan va topilishiga umid bo'lmagan molda zakot yo'qdir", deganlar. Chunki, zakot vojib bo'lishining sababi o'suvchi moldir. Ya'ni, molning egasi uning tasarrufiga qodir bo'lsagina molda o'sish bo'ladi.
Yo'qolgan mol, tortib olingan mol, dengizga tushib ketgan mol, cho'lga ko'milgan mol, agar joyi esdan chiqarilgan bo'lsa, berkitilgan va topilishiga umid bo'lmagan mol kabidir.
Uyda ko'mib qo'yilgan mol, uni topish osonligidan nisob bo'ladi (yo'qolgan hisoblanmaydi).
Muhammad ShARIF JUMAN
tayyorladi.
#Xayriya_karvoni
Bu yilgi muborak Ramazon oyi xalqimiz qalbiga yanada yaqin, ko‘plab xursandchiliklar olib kelayotgan mo‘tabar ayyomga aylanmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, "Vaqf" xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlari davomida ramazon tuhfalaridan har yilgidan ko‘ra ko‘proq aholi qatlami bahramand bo‘lishyapti.
"Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi" shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirlarda mas’ullar e’tiboridan nafaqat davlat ta’minotidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar, balki "mahalla yettiligi" tomonidan ehtiyojmand deb topilgan minglab oilalar ham chetda qolmayapti.
Muqaddas oyning o‘tgan to‘rt kuni davomida "Vaqf" xayriya jamaot fondi va uning hududlardagi filiallari tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamiga har jihatdan yordam berish borasida ko‘plab xayriya tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, fondning Andijon viloyati filiali tomonidan shu kungacha yolg‘iz keksalar, nogironligi bor, boquvchisi vafot etgan, ehtiyojmand deb topilgan 260 ta oilaga homiylarning oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
Fondning Toshkent viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 230 nafar aholining kam ta’minlangan qatlami uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.
Fondning Buxoro va Samarqand viloyatlari filiallari tomonidan homiylar ko‘magida viloyatning chekka tumanlarida yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj va nogironligi bor oilalarga oziq ovqat va kiyim-kechaklar ehson qilindi.
Ana shunday xayriya tadbirlari fondning barcha filiallarida izchillikda o‘tkazilmoqda.
Vaqf.uz