Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.
Kuzatuvlar natijasida ma'lum bo'ldiki, savol beruvchilar quyidagicha bo'lar ekan.
1. Bilmaganini bilish uchun so'rovchilar.
Bunday insonlar chindan ham nimanidir bilmaydi va o'sha narsani bilishni istaydi. Ana shunda ahli ilmlardan so'raydi.
2. Domlaning bilimini sinash uchun so'rovchilar.
Ayrimlar domlaning ilmi, saviyasi qay darajada ekanini sinash uchun savol beradi.
3. Javobni boshqa domlaning javobi bilan solishtirish uchun so'rovchilar.
Bu toifadagilar oldin qaysidir ilm ahlidan o'zining savolini so'ragan bo'ladi. Keyin “Qani, mana bu domladan ham so'rab ko'raychi, bunisi nima der ekan?!” degan maqsadda o'sha savolni boshqa domladan so'raydi.
4. Qaysidir masalada engilroq javob, ruxsat olmaguncha ko'plab domlalardan so'rovchilar.
Bu toifadagi so'rovchilar biror masala yuzasidan ahli ilmlarning biriga savol beradi. keyin u domlaning javobi savol beruvchining nafsiga og'irlik qilib, engilroq javob beruvchi domlani izlab, to o'zi istagandek javob topilgunicha savol so'rab yuraveradi.
5. Boshqalar eshitib, bilib olsin degan maqsadda so'rovchilar.
Bunday insonlar muayyan masalani o'zlari bilsalar ham, boshqalar bilib olsin degan niyat bilan o'sha masalani mehmondorchiliklarda o'tirganda domlalardan so'raydilar. Natijada u erda o'tirganlar ham uning javobini bilib oladilar.
6. Domlani qiyin vaziyatga tushirish uchun ixtilofli, fitnali savollarni so'rovchilar.
Marosimlarda, odamlar to'planib turgan joylarda, bir toifa insonlar domlalardan fitnali, ixtilofga sabab bo'ladigan savollarni so'raydilar. Bu bilan domlani qiyin ahvolga solishni yoki “Ana, domla bergan savolimga javob berolmadi” degan gapni tarqatishni ko'zlagan bo'ladilar.
7. O'rtada turib so'rab beruvchi, vositachi so'rovchilar.
Biror masalani so'rashga iymanib turgan, borib so'rashga uyaladigan yoki xijolat bo'ladigan kishilarning savolini domlalardan so'rab beruvchilar ham bo'ladi.
8. Real voqelikda sodir bo'lmagan narsalarni so'rovchilar.
Hayotda uchramagan, biror insonning boshiga tushmagan narsalar haqida savol so'raydiganlar ham bo'ladi.
9. O'ziga foydasiz narsalar xususida so'rovchilar.
Ba'zilar shunday savolni so'raydilarki, u savolning javobidan na o'sha odamning o'ziga, na atrofdagilarga foyda bo'ladi.
10. So'raydigan zarur narsasini masjidga borib so'rash o'rniga, ko'chalarda, mashinada domlaga duch kelib qolsagina so'rovchilar.
Ayrimlar biror masalada qiynalib turgan bo'lsa-da, o'sha masalaning javobini bilishni xohlasa-da, ilm ahlini istab, masjidlarga borishga erinadilar yoki iymanadilar. O'sha domlani ko'chada, avtobusda, taksida ko'rib qolishganda, so'ramoqchi bo'lgan narsalarini so'rash eslariga tushib qoladi.
Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
BARCHA GUNOHLAR MAG‘FIRAT QILINADI
Hofiz Kamoliddin Damiriy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan marfu’ rivoyat qilingan ushbu xabarni keltiradi: "Kim rajab va sha’bon oyida
اَسْتَغْفِرُ اللهَ الْعَظِيْمَ الَّذِى لَااِلَهَ اِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّوْمُ وَاَتُوْبُ اِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظاَلِمٍ لَايَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَانَفْعًا وَلَامَوْتًا وَلَاحَيَاةً وَلَانُشُوْرًا
"Astag‘firullohal a’ziym allaziy laa ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi tavbata ’abdin zoolimin laa yamliku linafsihi zorran va laa naf’an va laa mavtan va laa hayaatan va laa nushuuron" duosini yetti marta takrorlasa Alloh taolo ikki vakil qilingan farishtaga uning gunoh sahifalarini o‘chirib yuborishni buyuradi".
Davron NURMUHAMMAD