Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2025   |   20 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2025, 20 Jumadul avval, 1447

O'zbekistonning turizm salohiyati Hitoy OAVlari nigohida

05.12.2023   4611   1 min.
O'zbekistonning turizm salohiyati Hitoy OAVlari nigohida

Mamlakatimizda sayyohlik salohiyatini targ'ib qilish va O'zbekistonning jahonda tan olinishini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, xususan, Horazm viloyati delegatsiyasi Hitoy Halq Respublikasiga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, sayyohlik oqimini oshirish va tajriba almashish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Bundan tashqari, Hitoydan Horazmga sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida dunyoning etakchi telekanallaridan biri bo'lgan Hitoy Halq Respublikasi markaziy televideniyesi televizion loyihalari 49 ta davlatda 6 tilda efirga uzatiladigan, 1 milliarddan ortiq tomoshabin obunachiiga ega bo'lgan “CCTV” telekanali orqali viloyatning turizm salohiyati keng targ'ib qilinmoqda.

“Yuz.uz”ning yozishicha, “Halal Business” jurnali Islom hamkorlik tashkilotining IX – Butunjahon halol sammitiga bag'ishlangan maxsus sonida ham O'zbekiston haqida ikkita maqola chop etgan.

Unda joriy yilning 16-20 noyabr' kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan UNWTO (YuNVTO) Bosh Assambleyasi yakunlari hamda Horazm viloyatining turizm salohiyati, “Hiva – 2024 yilda islom olamining turistik poytaxti” maqomining berilishi va mamlakatimizda IHT turizm vazirlarining yig'ilishi o'tkazilgani haqida ma'lumotlar taqdim etildi”.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi

11.11.2025   413   1 min.
Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi

Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada 140 ta davlatdan vazirlar, muftiylar, olimlar, ekspertlar, tadqiqotchilar, diplomatlar hamda haj safarlarini tashkil etishga mas’ul idoralar vakillari qatnashdi.

Anjuman doirasida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonining vazirlik va tashkilotlari, soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, haj safarlarini yuqori darajada uyushtirish borasidagi ilg‘or tajribalarni atroflicha o‘rgandi. Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari haj mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, zamonaviy xizmatlar va yangi tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishdi. 

Anjumandagi suhbatlar, ekspertlar tavsiyalari, sohaviy seminar-treninglar va xorijiy delegatlar bilan tajriba almashish ishtirokchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 5 gektar joyni o‘z ichiga olgan yirik ko‘rgazma va amaliy uchrashuvlar esa mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishi, xizmatlar sifati va ziyoratchilar uchun qulayliklar darajasining oshishiga munosib xizmat qiladi.

Mazkur haj konferensiyasi beshinchi bor yirik xalqaro miqyosda o‘tkazildi. Anjuman innovatsion dasturlar, ilg‘or tashabbuslar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ziyoratlarni yuqori saviyada tashkil etishga oid bilimlarni oshirishda juda manfaatli bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi Haj anjumanida sun’iy intellekt dasturlari va raqamli texnologiyalar namoyish etildi
O'zbekiston yangiliklari