Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2025   |   25 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:07
Xufton
18:22
Bismillah
16 Noyabr, 2025, 25 Jumadul avval, 1447

Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari

09.10.2025   30288   1 min.
Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar doirasida ulamolar tomonidan masjidlarda namozxonlar bilan muloqot va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Andijon shahridagi "Hazrati Bilol" jome masjidida peshin namozini ado qildilar. So‘ng namozxonlarga mazmunli va manfaatli suhbat qilib berdilar. 
Ma’ruza davomida davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda diniy sohaga qaratilayotgan e’tibor, xususan, fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladilar.
Shuningdek, Muftiy hazratlari Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldilar. 
Muftiy o‘rinbosarlari, vaqf fondi mas’ullari, viloyat bosh imom-xatiblari esa Andijon shahridagi keksa, yolg‘iz va nogironlar istiqomat qilayotgan Ijtimoiy himoya markazida bo‘lishdi. 
Tashriflar davomida internat uyi hamda ijtimoiy himoya markaziga O‘zbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan maishiy texnika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyenik vositalar xayriya qilindi.
Ilmiy-amaliy tadbirning muhim yo‘nalishlaridan biri xalq bilan yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatiblari va tumanlardagi diniy soha vakillari o‘z hududlaridagi mahallalarda bo‘lishdi. Muloqotlar davomida tinchlik va sog‘likning ahamiyati, har bir insonning jamiyat oldidagi ma’naviy mas’uliyati haqida aytib o‘tildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda imom-domlalar bilan bir qatorda otinoyilar, mahalla faollari va “Haj-2025” ziyoratchilari mahallalarning ehtiyojmand, muammoli xonadonlariga kirishdi. 7 toifaga mansub 80 ta oilada yarashtiruv, targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari Imom-xatiblar seminari: ma’rifiy suhbatlar, ziyoratlar va xayriya yordamlari
Boshqa maqolalar

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

15.11.2025   3201   1 min.
Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi

Bugun, 15 noyabr kuni "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida "O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, dinshunos-ekspertlar, islomshunoslar, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiya yetakchilari va milliy madaniy markazlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan turli madaniyat va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi yuksak e’tirof etildi. Ko‘p millatli xalqimiz  qadimdan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik fazilatlari bilan tanilgani, qaysi jamiyatda ahil-inoqlik mustahkam qaror topgan bo‘lsa, o‘sha jamiyatda o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar rivojlanishi, insonlar tinch va osoyishta hayot kechirishini alohida ta’kidladilar. 
Ochilish marosimidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Har bir sho‘bada diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga oid dolzarb mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi Xalqaro anjuman: bag‘rikenglikni mustahkamlashda O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi