Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2026   |   1 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2026, 1 Sha`bon, 1447

Qur’on – adolat manbai

06.06.2022   1212   1 min.
Qur’on – adolat manbai

Dunyodagi eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri Angliyaning Harvard yuridik maktabi Qur’oni karimni adolatning eng buyuk ifodasi sifatida tan oldi. Bu haqda islam.ru ma’lum qilgan.

Muassasa o‘z kutubxonasiga kiraverishiga muqaddas kitob oyatlaridan parcha keltirib, bu borada o‘z fikrlarini aniq bildirdi.

Fakultetning asosiy eshigiga tepasida Niso surasining 135-oyati bitilgan: «Ey iymon keltirganlar! O‘zingizga, ota-onangizga, qarindosh-urug‘ingizga, xoh boyga, xoh kambag‘alga qarshi bo‘lsa ham, Allohning huzurida guvoh bo‘ling. Albatta, Alloh har ikkisini himoya qilishga qodirdir. Adashib qolmaslik uchun (qalbingizdagi) havoyi nafslarga ergashmang. Agar (adolatni) buzsangiz yoki yaxshi amaldan bosh torsangiz, Alloh nima qilayotganingizni biladir».

Maktabning Islom huquqi o‘quv dasturida ba’zi muhim mavzular ham batafsil yoritilgan.

Umuman olganda, islom qonunlari adolat va tenglikni diniy nuqtayi nazardan qanday ta’minlashi, keyin esa uning jamiyatga tatbiq etilishini o‘rgatadi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imkoniyati cheklanganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

20.01.2026   3   1 min.
Imkoniyati cheklanganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

Buxoro shahar «Abu Bakr as-Siddiq» jome’ masjidida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda imom-xatib Orif domla To‘qsonov ishtirok etdi.

Gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun mo‘ljallangan ushbu suhbat «Vatanga muhabbat muqaddas burch» mavzusiga bag‘ishlandi.

Suhbat davomida ishtirokchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid savollarga atroflicha javob oldilar. Barcha suhbatlar malakali surdo tarjimon orqali yetkazildi.

Alloh taolo bu xayrli ishlarni bardavom, mukofotli va manfaatli qilsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Imkoniyati cheklanganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Imkoniyati cheklanganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Imkoniyati cheklanganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
Yangiliklar