Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan ishlar doirasida Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar chaqqonlik, epchillik va sport mahoratini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitini yaratdilar. Tadbir diniy soha xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Buxoro viloyatida imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, chaqqonlik va sabr-toqatni namoyon etdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib va sovrindor bo‘ldilar:
1-o‘rin — Boboqulov Sadam, Peshku tumani “Xo‘ja Peshko‘” masjidi imom-noibi
2-o‘rin — Najmiddinov Asatillo, Buxoro shahri “Umar ibn Xattob” masjidi imom-xatibi
3-o‘rin — Bozorov Vahobiddin, Peshku tumani “Chiqirchi” masjidi imom-xatibi
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati