O'zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi rahbari Umid Shodiyev mazkur xalqaro tashkilot bosh direktorining gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha o'rinbosari Gabriela Ramos bilan onlayn-muzokara o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Uchrashuvda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan joriy yil Hiva shahrida YuNESKO homiyligida "Markaziy Osiyo dunyo tsivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumini o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
YuNESKO tomonidan forum masalalari bo'yicha hamkorlik koordinatori Gabriela Ramos tadbirning barcha mazmuniy va tashkiliy jihatlarini ishlab chiqishda texnik va maslahat yordamini berishga tayyorligini ma'lum qildi. U forumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonida O'zbekiston sa'y-harakatlarini amaliy qo'llab-quvvatlash maqsadida YuNESKO ishchi guruhi tuzilganini bildirdi.
Tomonlar forumni yuqori darajada o'tkazish bo'yicha olib borilayotgan birgalikdagi tayyorgarlik ishlarining holati va istiqbollarini ko'rib chiqdi.
Halqaro konferentsiya kun tartibini ishlab chiqish, anjuman ishtirokchilari ro'yxatini shakllantirish va boshqa masalalarda hamkorlik masalalari bo'yicha kelishib olindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 28 yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev hamda talabalar qatnashdilar.
Uchrashuvda yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, vaqtdan unumli foydalanish va ulug‘ ulamolar hayotidan ibratli misollar orqali sabr, ixlos va doimiy izlanishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish va ilmni jamiyat manfaati yo‘lida o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol va intizomli 6 nafar talabaning har biriga 5 million so‘mdan, shuningdek, 2 nafar talabaning har biriga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji uchun 30 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati