Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Bir savol so'rasam: "Tayyor xatmi Qur'on bor" nima degani?

29.01.2021   4555   1 min.
Bir savol so'rasam:

— Ba'zi bir qorilarga xatmi Qur'on buyurgani borsak, “menda tayyori bor”, deyishadi. Ya'ni Qur'onni o'qishni boshlab qo'ygan bo'lishadi. Shunda “mayli” desangiz, tugatib berishadi. Shariatimizda bu joizmi? Yoki xatmi qachon boshlab qo'yilgan bo'lsa ham, savobi kimga bag'ishlangani muhimmi?

— Avvalo, Qur'oni karimni Alloh taolo bandalarining ikki dunyo saodatiga erishishi uchun nozil qilganini unutmaslik kerak. “Hatmi Qur'on” deganda Qur'oni karimni boshdan-oxir to'liq o'qib chiqish tushuniladi. Birorta sura yoki oyat tashlab ketilsa, tom ma'noda xatm hisoblanmaydi. “Hatm” so'zi tugatish, yakunlash degan ma'noni bildiradi.

Hozirgi paytda odamlar orasida keng tarqalgan savoldagiga o'xshagan holatlar taaassufki, asl Islom maqsadlariga to'g'ri emas. Yana alohida ta'kidlash lozim, Qur'onni xolis Alloh roziligi uchun tilovat qilinsa, xatm qilinsagina unga savob beriladi. Keyin o'sha berilgan savobni bag'ishlash mumkin. Bizning ahli-sunna e'tiqodimizda Qur'on tilovat qilib, savobini bag'ishlasa, etib boradi, deyilgani aynan shudir. Har bir ibodatda aniq maqsad bo'lishi, uni boshlashda niyat bo'lishi kerakligi hadislarda ta'kidlangan. Savobini bag'ishlash maqsad qilingan tilovatni ham boshidan boshlab, Allohning roziligi, undan keyin kimgadir savobini bag'ishlashni niyat qilinadi. Shunda savobi etadi, deb umid qilinadi.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Asaka tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir

28.01.2026   3106   1 min.

Andijon viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2026 yilning fevral oyida Baliqchi tumanida o‘tkazilishi rejalashtirildi

VIDEO