Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Fevral, 2026   |   3 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:53
Quyosh
07:11
Peshin
12:42
Asr
16:20
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
20 Fevral, 2026, 3 Ramazon, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (38-sunnat): Tungi namoz

21.01.2021   2898   2 min.
Unutilayotgan sunnatlar (38-sunnat): Tungi namoz

 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazondan keyingi eng afzal ro'za, Allohning muharram oyi ro'zasidir. Farz namozdan keyingi eng afzal namoz tungi namozdir”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Iordaniya kardiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tibbiyot olimlari uzluksiz uzoq vaqt uxlash inson salomatligi, yurak-qon tomirlari uchun zararligini, xususan, qon quyuqlashishi, infarkt, miokard kasalliklariga olib kelishini aniqladilar.

Kardiolog olimlar yurak, yurak-qon tomirlari kasalliklarini oldini olishda kechaning tongga yaqin qismida uyg'onib, o'qilgan namoz eng samarali usul ekanini ta'kidlaydilar.

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda

20.02.2026   1155   1 min.
Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlarida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda. 
 

Ana shunday ezgu an’ana va xayriya tadbirlari Surxondaryo viloyatida ham keng quloch yozmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va viloyat bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev boshchiligida hududdagi imom-xatiblar mahallalardagi ehtiyojmand xonadonlarda bo‘lib, iftorlik dasturxonlari yozish va hadyalar ulashish orqali ularning qalbiga xursandchilik kiritmoqdalar. 


Jumladan, Termiz shahridagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasida yashovchi Sadatovlar xonadonida fayzli iftorlik uyushtirilib, oila a’zolarining holidan xabar olindi. 


Shu kunning o‘zida viloyatdagi 15 ta tuman bosh imom-xatiblari ham o‘z hududlaridagi boquvchisini yo‘qotgan va muhtoj fuqarolar xonadonlarida bo‘ldilar. Umumiy hisobda imomlar tomonidan 390 ta oilaga kirilib, ularga jami 258 million so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari tuhfa qilindi. 


Ramazon oyining tarovatini oshirishga xizmat qilgan bu kabi mehr-muruvvat va saxovat tadbirlari butun o‘lkamiz bo‘ylab davom etmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda Xayriya va iftorlik tadbirlari Surxon vohasida ham davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari