Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2026   |   12 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:36
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2026, 12 Sha`bon, 1447

Muftiy hazratlarining Payariq tumaniga tashrifi davom etmoqda

15.01.2021   1801   2 min.
Muftiy hazratlarining Payariq tumaniga tashrifi davom etmoqda

Kecha xabar berganimizdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Payariq tumaniga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 15 yanvar' Juma kuni muftiy Usmonxon Alimov hazratlari viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqovlarning hamrohligida mazkur  tumanda joylashgan “Mo'lla To'raxon” jome masjidiga tashrif buyurdilar. So'ngi yillarda bu masjidda bir qancha obodonchilik ishlari olib borilmoqda. Hususan, namozxonlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida masjid taxoratxonasining yangi, zamonaviy binosi qurib bitkazildi va namozxonlar ixtiyoriga topshirildi. Shuningdek, namozxonlarning qor-yomg'irli kunlarda qiyinchiliklarsiz ibodatlarini ado etishlari uchun masjidning ayvon qismiga qo'shimcha ayvon qo'shildi. Bu esa masjid ko'rkiga yanada ko'rk qo'shdi.

Muftiy hazratlari masjid jamoati bilan dildan suhbat qildilar va bu muborak maskanda amalga oshirilgan bu kabi xayrli ishlarga ham moddiy ham ma'naviy ko'mak bergan saxovatpesha insonlar haqqiga ko'plab duoi xayrlar qildilar.

Muftiy hazratlari tashrif davomida mazkur tumanda joylashgan, hozirda Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov faoliyat olib borayotgan “Islom nuri” jome masjidiga bordilar. Bu maskanda ham ko'plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, masjidning eski taxoratxonasi o'rnida zamon talablari asosida yangi taxoratxona qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, masjid binosi yonidan barcha sharoitlarga ega, zamonaviy xizmat xonalari ham qurib bitkazildi.

Muftiy hazratlari mazkur masjidda namozxonlar ishtirokida Juma namozini ado etdilar. Namoz so'ngida mazkur jomeda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga hissa qo'shgan barchaning haqqiga duolar qildilar. Ushbu fayzli Juma namozida ulamolar, mahalla faollari, mo'ysafid otaxonlar va masjid qavmi ishtirok etdi.

O'MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi

29.01.2026   3661   1 min.
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi

#xabar #qabul #muftiy

 Bugun, 28 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar. 


 Qabul jarayonida fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, diniy ta’lim, oilaviy masalalar, haj va umra hamda moddiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.


 Jumladan, oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maslahatlar berildi, shar’iy savollarga batafsil tushuntirishlar taqdim etildi. Shuningdek, moddiy yordam so‘ragan fuqarolarga belgilangan tartib-qoidalar asosida ko‘mak ko‘rsatildi.

 Qayd etish joizki, kishilarning dardini yengillatish, ularning tashvishlarini aritish — savobi ulug‘ amal hisoblanadi. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
“... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).


 Ana shu nabaviy ta’limotga amal qilgan holda, bugun Muftiy hazratlari mutasaddilar bilan birga turli masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning tashvishlari bartaraf etilishiga amaliy yordam ko‘rsatdilar.


 Iliq kutib olingan fuqarolar murojaatlarining ijobiy yechim topganidan mamnun bo‘lib, mas’ullardan minnatdor holda qaytdilar.

 Mana shunday qabul jarayonlari mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topdi
O'zbekiston yangiliklari