Kecha xabar berganimizdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Payariq tumaniga tashrifi davom etmoqda.
Bugun, 15 yanvar' Juma kuni muftiy Usmonxon Alimov hazratlari viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamda Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqovlarning hamrohligida mazkur tumanda joylashgan “Mo'lla To'raxon” jome masjidiga tashrif buyurdilar. So'ngi yillarda bu masjidda bir qancha obodonchilik ishlari olib borilmoqda. Hususan, namozxonlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida masjid taxoratxonasining yangi, zamonaviy binosi qurib bitkazildi va namozxonlar ixtiyoriga topshirildi. Shuningdek, namozxonlarning qor-yomg'irli kunlarda qiyinchiliklarsiz ibodatlarini ado etishlari uchun masjidning ayvon qismiga qo'shimcha ayvon qo'shildi. Bu esa masjid ko'rkiga yanada ko'rk qo'shdi.
Muftiy hazratlari masjid jamoati bilan dildan suhbat qildilar va bu muborak maskanda amalga oshirilgan bu kabi xayrli ishlarga ham moddiy ham ma'naviy ko'mak bergan saxovatpesha insonlar haqqiga ko'plab duoi xayrlar qildilar.
Muftiy hazratlari tashrif davomida mazkur tumanda joylashgan, hozirda Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov faoliyat olib borayotgan “Islom nuri” jome masjidiga bordilar. Bu maskanda ham ko'plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, masjidning eski taxoratxonasi o'rnida zamon talablari asosida yangi taxoratxona qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, masjid binosi yonidan barcha sharoitlarga ega, zamonaviy xizmat xonalari ham qurib bitkazildi.
Muftiy hazratlari mazkur masjidda namozxonlar ishtirokida Juma namozini ado etdilar. Namoz so'ngida mazkur jomeda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga hissa qo'shgan barchaning haqqiga duolar qildilar. Ushbu fayzli Juma namozida ulamolar, mahalla faollari, mo'ysafid otaxonlar va masjid qavmi ishtirok etdi.






O'MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Bugun, 28 yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev hamda talabalar qatnashdilar.
Uchrashuvda yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, vaqtdan unumli foydalanish va ulug‘ ulamolar hayotidan ibratli misollar orqali sabr, ixlos va doimiy izlanishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish va ilmni jamiyat manfaati yo‘lida o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol va intizomli 6 nafar talabaning har biriga 5 million so‘mdan, shuningdek, 2 nafar talabaning har biriga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji uchun 30 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati