Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillarda 14 yanvar' sanasida O'zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlariga asos solindi. Aynan shu sana har yili mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni deb belgilanib, yurtimiz bo'ylab keng nishonlanib kelinmoqda.
Bugun Nukus Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta maxsus islom bilim yurtida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'qituvchi va talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston ichki ishlar vazirligi xalqaro xafsizlikni tamiynlash qushinlari harbiy qismi kichik serjantlari B.Bekmuratov, S.Saidov va J.Babayevlar mehmon bo'lishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar Vatanimizni sevish, har bir qarish erini asrab-avaylash sharafli va savobli bo'lish bilan birga, barchamizning burchimiz ekani ta'kidlandi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Alloh taolo roziligi yo'lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro'za tutishdan afzaldir”, deganlar. Ushbu hadis inson o'zi yashab turgan Vatani, dini, oila a'zolarini himoya qilishi ulug' va xayrli amallar sirasiga kirishi ma'lum bo'ladi.
Yurtni asrash, qo'riqlash, Vatan himoyasi uchun harbiylar safida turish dinimiz ta'limotida ulkan savobli amal sanaladi. Binobarin, shijoatli pallasini, boringki, hayotlarini sharafli burchini ado etish uchun baxshida qilgan o'g'lonlarning xizmati sabab elu yurt xotirjam, zaminimiz osoyishtalik hukm surmoqda.

Boshqa bir hadisda yurt sarhadlarini qo'riqlash naqadar sharafli va savobi qanchalar ulug'ligi bayon qilingan. Payg'ambarimiz alayhissalom: “Kechalari Alloxdan qo'rqib yosh to'kkkan ko'zni va Allox yo'lida tunlarni posbonlik kilib mijja qoqmagan ko'zni do'zax otashi kuydirmaydi”, deganlar.
Ushbu hadislar qalbida iymoni bor har bir musulmonni sergak torttirishi haqiqat. Shuningdek, qalbida yurti, Ona Vataniga bo'lgan muhabbatini ham ziyoda qiladi.
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida tunni tun demay doimo ogoh va sergak turib, sarhadlarni qo'riqlayotgan Vatan himoyachilarimiz har doim sog'-omon bo'lsin. Alloh taolo O'zining ajr-mukofotlari bilan taqdirlasin!
Adilbay Yerejepov,
Bilim yurtining ma'naviyat va ma'rifat
ishlari bo'yicha mudir o'rinbosari
Isomiddin domla Muhiddinov – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shayx Ziyovuddinxon” jome masjidi imom-xatibi