Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida qad rostlashi kutilayotgan inshoot — qadimiy Sharqona usulda gumbazsimon qilib qurilgan, ya'ni, yurtimizda mavjud tarixiy obidalarimiz ko'rinishidagi uch-to'rt qavatli muzeydir.
Undan shuningdek, 6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san'atini o'zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o'rin olishi ko'zda tutilgan. Loyihaga binoan, muzey binosidan anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati