Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Fevral, 2026   |   2 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:13
Peshin
12:42
Asr
16:19
Shom
18:05
Xufton
19:18
Bismillah
19 Fevral, 2026, 2 Ramazon, 1447

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan lavhalar: Oilang bilan e! (Audio)

01.01.2021   3752   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlaridan lavhalar: Oilang bilan e! (Audio)

 

O'MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

19.02.2026   569   2 min.
Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi

#xabar #ramazon

Shu yil 17 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Diniy idora rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari, bosh imom-xatiblar, masjidlar imom-xatiblari, otinoyilar hamda ta’lim muassasalari pedagoglari ishtirok etdi.


Yig‘ilishda Davlatimiz Rahbarining muborak oyni o‘tkazishga doir qarori va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan muhim topshiriqlar ijrosiga alohida to‘xtalib o‘tildi. 


Xususan, mazkur oyni “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish hamda bemorlarning jarrohlik amaliyotlariga yordam berish kabi xayrli ishlarni tizimli tashkil etish vazifasi qo‘yildi.


O‘z navbatida, iftorlik marosimlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, xonadonlarda yaqinlar bilan ixcham va mazmunli o‘tkazishga e’tibor berish hamda kam ta’minlangan oilalar uylarida iftorliklar qilib berish orqali ularni ko‘nglini shod etishga alohida e’tibor qaratildi. 


Ulug‘ oyda ibodatlarni ado etish uchun mo‘min-musulmonlarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida masjidlarda xatmi Qur’on va taroveh namozlarini tartibli o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, masjid va ziyoratgohlarni obod holatda tutish, ibodat vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rish, jumladan, yong‘in, texnika va transport xavfsizligini qat’iy ta’minlash zarurligi qayd etildi. 


Soha mutasaddilariga OAV orqali xalqimiz orasida mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik tuyg‘ularini keng targ‘ib qilish, isrofgarchilikning salbiy oqibatlarini tushuntirish vazifasi yuklatildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
O'zbekiston yangiliklari