VAHIYNING DARAJALARI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelgan vahiylarning barchasi ham Qur'oni Karim bo'la olmasligini yaxshi anglashimiz kerak. Bu boradagi shar'iy matnlarni yaxshilab o'rganib chiqsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolodan kelgan vahiylarning darajasi uch xil ekani ma'lum bo'ladi:
HADIS, HADISI QUDSIY VA QUR_''ON
Alloh taolodan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kelgan vahiyning uch turi – hadis, hadisi qudsiy va Qur'on orasidagi farqni tushunib etish nihoyatda ahamiyatli ishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham olimlar ushbu mavzuga alohida e'tibor qaratadilar.
«Hadis» so'zi arab tilida «so'z» degan ma'noni anglatadi. Demak, hadis deganda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytgan gap-so'zlari ko'zda tutiladi va tushuniladi. Ulamolar istilohida esa «hadis»ga quyidagicha ta'rif beriladi:
«Nabiy sollallohu alayqi vasallamdan osor bo'lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy va xulqiy (jismoniy va xloqiy) sifatlar hamda siyratga tegishli ma'lumotlar «hadis» deyiladi». Ushbu ta'rif Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan osor bo'lib qolgan va ishonchli manbalar orqali rivoyat qilingan bir necha xil xususlarni o'z ichiga olmoqda. Ta'rifda zikri kelgan narsalarga bittadan misol keltiraylik.
«Gap». Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning turli holat va munosabatlarda aytgan gaplari kiradi.
Misol uchun, «Amallar niyatlarga bog'liqdir».
Bu «qavliy (og'zaki) sunnat» deyiladi.
«Ish». Bunda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qilgan ish-amallari tushuniladi. Aytaylik, tahorat qilishlari, namoz o'qishlari, haj ibodatini ado etishlari va hokazo.
Bu «amaliy sunnat» deyiladi.
«Taqrir». Bu so'z bir narsaning to'g'riligini tasdiqlash, ma'qullash ma'nosini anglatadi. Sunnatdagi taqrir esa Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobai kiromlar tomonidan sodir bo'lgan ba'zi narsalarni tasdiqlash, ma'qullashlaridan iborat. Birgina misol:
Holid ibn Valid roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yuborgan bir to'p lashkarga bosh edilar. Borgan joylarida junub bo'lib qoldilar va sovuqdan qo'rqib, g'usl qilmasdan, tayammum bilan namoz o'qidilar. U kishining sheriklari buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etkazdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Holid ibn Valid roziyallohu anhuning qilgan ishlarini ma'qulladilar.
Ma'qullash «Ma'qul» deb aytish bilan yoki inkor qilmay, indamay qo'yaqolish bilan ham bo'ladi.
Bu «taqririy sunnat» deyiladi.
«Halqiy (jismoniy) sifatlar». Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tana tuzilishlaridagi sifatlari kiradi.
«Hulqiy (axloqiy) sifatlar». Sahobai kiromlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari kabi barcha axloqiy fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu haqdagi ma'lumotlar ham sunnatga kiradi.
«Siyrat». Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari, u zot tavallud topganlaridan boshlab to Allohning huzuriga qaytgunlarigacha bo'lgan tarjimai hollari o'ta aniqlik va butun tafsilotlari bilan rivoyat qilingan.
Muhaddis ulamolarimiz mana shu olti bandga tegishli har bitta ma'lumotni atroflicha, chuqur o'rganib, o'z kitoblariga kiritganlar.
«Hadis» lafzining lug'aviy ma'nosini o'rgandik. «Qudsiy» so'zi esa «muqaddas» degan ma'noni anglatadi.
Ulamolar hadisi qudsiyni quyidagicha ta'riflaydilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolodan rivoyat qilgan narsa hadisi qudsiydir».
Hadisi qudsiyga misol keltiramiz.
Abu Sa'id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Alloh taolo aytadi: «Kimni Qur'on va Mening zikrim Mendan (nimalarnidir) so'rashdan to'sgan bo'lsa, unga so'rovchilarga berganimning afzalini beraman. Allohning kalomining boshqa kalomlardan afzalligi xuddi Allohning O'z maxluqotlaridan afzalligi kabidir».
Termiziy rivoyat qilgan.
Ushbu hadis hadisi qudsiy hisoblanadi, chunki unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning aytganlarini o'z iboralari bilan naql qilmoqdalar.
Qur'oni Karim bilan hadisi qudsiy orasidagi farqlar:
– Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari ikkiga bo'linadi:
Jabroil alayhissalom Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Qur'oni Karim oyatlaridan boshqa vahiylarni qam keltirib turganlari ma'lum va mashhur. Ana shu qism iahiylar Sunnat sifatida vorid bo'lgan. Bu xildagi Sun-iatni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kishilapra etkazganlar. U zotning etkazishdan boshqa hech qanday daxllari bo'lmagan. Bunga misol tariqasida imom Abu Muhammad ibn Qutayba «Ayol kishi o'z ammasi yoki xolasi ustiga nikohlanmas» degan hadisni keltiradilar. Bu hadis vahiy bo'lib, uning ma'nosini Jabroil alayhissalom Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga etkazganlar. U zot ham o'z navbatida musulmon ummatiga etkazib, hayotga tatbiq qilganlar. Mazkur hadis vorid bo'lganidan boshlab hamma musulmonlar uchun amma yoki xola ustiga ularning qiz jiyanini kundosh qilib olish harom bo'lgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Bu hukmdan falonchi istisno» deb ayta olmaganlar.
Bunday narsalarning asosiy qoidalari va maqsadlarini Alloh taoloning O'zi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bayon qilib berganidan so'ng Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'z ijtihodlari ila bayon qilganlar. U zot sollallohu alayhi vasallamning bu boradagi ijtihodlari ham vahiy o'rnida bo'lgan. Agar xato bo'lsa, Alloh taolo to'g'rilab qo'ygan. Bu qismdagi Sunnatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ba'zi tasarrufotlar qilishga haqlari bo'lgan.
Misol uchun, u zot sollallohu alayhi vasallam erkak musulmonlar uchun ipak kiyim kiyish harom ekanini bayon etganlaridan keyin Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu o'zlarining xastaliklari ipak kiyishni taqozo etishini aytib, u zotdan izn so'raganlarida, u kishiga ipak kiyim kiyishga ruxsat berganlar. Agar bu hukm Jabroil alayhissalom keltirgan vahiy bo'lganida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon o'zlaricha ruxsat bermagan, balki boshqa holatlardagi kabi, Alloh taolodli biror xabar kelishini kutgan bo'lar edilar.
Hadis kitoblarimizda keltirilgan rivoyatlarning aksariyati ushbu – Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamdan payg'ambarlikni etkazish yuzasidan sodir bo'lgan ikki xil Sunnatga taalluqlidir. Islom shariatining ahkomlariga tegishli barcha narsalar – ibodat, e'tiqod, oxirat, odob-axloq, solih amalga targ'ib qilish, yomonlik lardan qaytarish kabi ishlar shular jumlasiga kiradi, Alloh taolo Qur'oni Karimning Hashr surasi 7-oyatida:
«Rasul sizga nimani bersa, o'shani olinglar va ni madan qaytarsa, o'shandan qaytinglar», deganda aynap shu turdagi Sunnatni qasd qilgandir.
Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarining ma'nosi Alloh tarafidan, lafzi u zot sollallohu alayhi vasallamning o'zlaridandir.
III. Qur'oni Karim
«Qur'on» so'zi arab tilida bir necha ma'nolarni bildiradi va bu ma'nolar Alloh taoloning ushbu nomdagi Kitobi – Qur'oni Karimda ham o'z ifodasini topgan:
«Qur'on» so'zining istilohiy ma'nosi:
«Qur'on Alloh taoloning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o'qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir».
ISLOM DINI
«Islom» so'zining lug'aviy ma'nosi quyidagi ma'nolarni anglatadi:
Islomning shar'iy ma'nosi esa «Alloh yagona» deb e'tiqod qilib, Unga bo'ysunish, butun qalb bilan Unga ixlos qilish va Alloh buyurgan diniy e'tiqodga iymon keltirishdir.
Qur'oni Karimda Islom shirkka (Allohning sherigi bor, deb ishonishga) qarshi qo'yilgan. Boshqa oyatlarda Islom Allohga ixlos qo'yish va Unga bo'ysunish, itoat qilish ma'nolarida ham kelgan.
Islom dini asosan uch qismdan iborat:
Iymon – aqiyda masalalari;
Islom – shariat masalalari;
Ehson – tariqat masalalari.
Endi ushbu uch qism bilan qisqacha tanishib olaylik.
1
IYMON-AQIYDA
Mo'min-musulmonlikni da'vo qilgan kishi Allohning borligiga, azaliy va abadiyligiga, ismlariga, sifatlariga va ishlariga to'g'ri ravishda iymon keltirishi lozim.
Farishtalarga bo'lgan iymon Alloh taolo va Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek bo'lishi kerak. Har bir mo'min-musulmon odam farishtalarning sifatlariga, xizmatlariga va xususiyatlariga ham iymon keltirishi lozim. Shuningdek, Allohning kitoblariga, payg'ambarlariga iymon keltirish ham Qur'on va Sunnat ko'rsatmalariga muvofiq bo'lishi darkor.
Oxirat kuniga bo'lgan iymon ham, yaxshi-yu yomon qadarga iymon ham shariat ko'rsatmasi bo'yicha bo'lishi lozim. Iymon mazkur sifat va darajada bo'lgandagina haqiqiy iymon bo'ladi. Dinning e'tiqod qismiga oid ta'limotlari “iymon” deb atalishini shundan bilib olamiz.
Iymon, ya'ni e'tiqod masalalariga oid ilohiy ta'limotlar to'plami odatda «aqiyda» deb ataladi. Bu qismga oid ilm «Aqoid ilmi» deyiladi.
«Aqiyda» so'zi arabcha «'aqada» fe'lidan olingan bo'lib, «bir narsani ikkinchisiga mahkam bog'lash» degan ma'noni anglatadi. Bu so'zning jami (ko'plik shakli) «aqoid» bo'ladi. Islom aqiydasi musulmon insonni mahkam bog'lab turadigan e'tiqodlar majmuasidir.
Aslida biror narsaga e'tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun, avvalo, o'sha narsani idrok qilish lozim. Keyin esa o'sha hissiy idrok ilmiy ma'rifatga aylanishi kerak. So'ngra zamon o'tishi, boshqa dalillarning sobit bo'lishi ila o'sha ilmimiz tasdiqlanadi va unga bo'lgan ishonchimiz kuchli bo'ladi. Mazkur ilmga bo'lgan ishonch ongimizda mustahkam ravishda qaror topganidan so'ng, u bizning aqlimizga va qiladigan ishlarimizga o'z ta'sirini o'tkazadigan bo'ladi.
Qachonki ma'lum bir ilm bizning fikrimizga aylanib, his-tuyg'ularimizni yo'naltiradigan, harakatlarimizni boshqaradigan holga etganda, aqiydaga aylangan bo'ladi. Demak, aqiyda ilmga asoslangan bo'lishi lozim.
Aqiyda masalalari dunyoviy tizimlarda mafkura – ideologiya ham deyiladi.
Islom aqiydalari Qur'oni Karim va Sunnatdan olinadi.
Islomda iymon Alloh taolo tarafidan bandalarga berilgan ne'matlarning eng ulug'i sifatida qadrlanadi.
Islom insonning qadrini iymon bilan o'lchaydi. Iymonsiz odam ikki dunyoda ham hech bir narsaga erisha olmasligini qattiq ta'kidlaydi. Islomda hamma narsa iymon asosida olib borilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Allohga iymon
Allohga bo'lgan iymon bu masalada bosh rukn hisoblanadi. Allohga iymon bo'lmasa, boshqa narsaga iymon bo'lishi mumkin emas. Shunday ekan, iymon masalasining bosh rukni bo'lmish Allohga iymon keltirish nima o'zi?
Islom nuqtai nazarida Allohga bo'lgan iymon Alloh taoloning borligiga, yagonaligiga, xoliqligiga, mudabbirligiga, ya'ni barcha ishning tadbirini qilib turuvchi, boshqaruvchiligiga, rozikdigiga hamda boshqa ismu sifatlari va ishlariga til bilan iymon keltirish, ularni dil bilan tasdiqlashdir. Bu iymon Alloh taoloning O'zi va Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam bayon qilganlaridek bo'lishi zarur.
Allohga bo'lgan iymon o'z egasini har qanday holatda Allohning amri bilan yashashga chorlaydi. Allohga iymoni bor odam «Har bir ishim-qilmishimni Alloh ko'rib turibdi» degan ishonch ila hayot kechiradi. Shuning uchun u faqat Allohga xush keladigan ishlarni qilib yashaydi. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Allohga iymoni bor odam «Har bir gapimni Alloh eshitib turibdi» degan ishonch bilan yashagani uchun doimo o'zidan yaxshi ovoz, gap, so'z va ma'nolar chiqishiga harakat qiladi. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Allohga iymoni bor odam «Har bir amalimni Alloh hisoblab turibdi, qiyomat kuni so'roq-savol qiladi» degan ishonch bilan yashaydi. Shuning uchun doimo yaxshilik qilib, yomonliqdan uzoq turadi. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Allohga iymoni bor odam «Tavbani faqat Alloh qabul qiladi» degan ishonch bilan yashaydi. Shuning uchun ham o'zidan xato o'tsa, darhol tavba qilishga, chin qalbdan afsus chekishga, o'sha xatoni takror qilmaslikka shoshiladi. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Allohga iymoni bor odam o'zida barcha yaxshi fazilatlarni jamlashga, barcha razolatlardan chetda bo'lishga harakat qiladi. Iymon har bir inson, har bir oila, har bir jamiyat va butun insoniyat uchun o'ta muhim hamda zarur sifat ekanini odamlar ko'rib-bilib turibdilar.
Boshqa masalalar qatori iymon masalasida ham hamma narsa Allohning O'zi ko'rsatganidek bo'lishi kerak. Insonning o'zicha «Unga iymon keltiraman-u, bunga iymon keltirmayman» deyishi kulgili. Bu holatda iymon-e'tiqod, dinu diyonat masalasini Alloh emas, banda joriy qilgan bo'ladi.
Allohga iymon qanday bo'lishi kerakligini Allohning Uzi bayon qilib berishi, shuningdek, Allohdan boshqa iymon keltirish lozim bo'lgan narsalarni Alloh taoloning O'zi bayon qilib berishi faqat Islomda sobitdir. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Farishtalarga iymon
Allohning farishtalariga bo'lgan iymon ham katta hikmatlarga ega. Farishtalarga iymon har bir shaxs, jamiyat va barcha insoniyat uchun koni foydadir. Allohning inson ko'ziga ko'rinmaydigan, charchamaydigan, g'aflatda qolmaydigan, gunoh qilmaydigan, o'zlariga berilgan amrni so'zsiz bajaradigan va yana bir qancha oliy sifatlarga ega hamda «farishtalar» deb nomlangan askarlari borligiga iymon keltirish qachon va kimga zarar keltiribdi?
Mo'min-musulmon inson o'ziga ikki farishta biriktirilganiga, agar o'zi to'g'ri yurib, to'g'ri tursa, o'sha ikki farishta Allohning izni ila uni muhofaza qilishiga ishonadi. Yana u o'sha farishtalarning biri yaxshi amallarni, ikkinchisi yomon amallarni, zarracha bo'lsa ham, nomai a'moliga yozib borayotganiga, qiyomat kuni shu bitiklar asosida hisob-kitob bo'lishiga iymon keltiradi. Bu esa har bir insonni doimo yaxshilik qilib, yomonlikdan qochishga undovchi juda kuchli omildir. Ushbu omil har bir inson, jamiyat va barcha insoniyat uchun o'ta zarurdir.
Farishtalarga iymon bo'lmagan jamiyatda esa odamlar ko'ngliga kelgan yomonlikni xohlagan vaqtda, xohlagan joyda qiladigan bo'ldi. Iymonsiz jamiyat mafkurachilari to'qib chiqargan «vijdon azobi» kabi quruq hissiyotlar foyda bermaydi. Negaki iymonsizda vijdon bo'lishi umuman mumkin emas.
Iymonsizlik natijasida inson tabiati ham buziladi: ba'zi insonlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib, qo'rqoq, shaxsiyatsiz bo'lib qolishadi, boshqalari esa har qanday yomonlikdan tap tortmaydigan nobakor maxluqqa aylanishadi.
Shuningdek, farishtalarga nisbatan iymoni buzuq bo'lgan yurtlar va xalqlarda ham turli muammolar kelib chiqadi. Ularning ba'zilari farishtalarni Alloxga sherik qilsalar, boshqalari dev, pari va o'zga xurofiy narsalarga aralashtirib yuborishadi. Oqibatda turli zararli urf-odatlar va tasarrufotlar kelib chiqadi. Demak, biz musulmonlar, boshqa narsalardagi kabi, farishtalar haqida ham eng to'g'ri iymonga ega ekanimiz bilan faxrlanishimiz va undan foydalanishimiz lozim.
Ilohiy kitoblarga iymon
Allohning kitoblariga iymon keltirish ham ulkan hikmatlarga molik ish. Bu Alloh taolo vaqti-vaqti bilan bandalariga O'z kitoblari, ya'ni ko'rsatmalari to'plamini nozil qilib, ularni ikki dunyo saodatiga erishtiradigan yo'lga hidoyat qilib turganiga; bu Alloh har zamonni o'ziga yarasha kitob bilan ta'minlab, asta-sekin insoniyatni tayyorlab borgani va voyaga etkazganiga; bu insoniyat o'z kamoliga etganida, Alloh unga barkamol Kitobni – qiyomatgacha mo''jiza bo'lib qoluvchi Qur'oni Karimni nozil qilganiga; bu insoniyat bundan buyon faqat Qur'onga amal qilgandagina maqsadiga erishishi mumkinligiga iymon keltirishdir. Bu esa insonning saodatli hayot sohibi bo'lishi uchun eng muhim omillardan biridir.
Allohning kitoblariga iymon keltirmaydiganlar esa ushbu ezguliklarning barchasiga, insonning asli bir ekaniga, Alloh insonni ulug'lab, unga O'z ta'limotlarini berganiga, boshqa maxluqotlardan ustun ekanini isbot qilganiga kufr keltiruvchilardir. Shuning uchun ham Allohning kitoblariga yoki ularning ba'zisiga iymon keltirmaganlardan faqat yomonlik chiqadi, xolos.
Payg'ambarlarga iymon
Allohning payg'ambarlariga iymon keltirish ham g'oyatda purhikmat ishdir. Alloh taolo insonlar ichidan O'ziga payg'ambar tanlab olishining o'zi insoniyat uchun ulkan sharafdir. Odam Atodan boshlab Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha bo'lgan payg'ambarlar silsilasi esa insoniyatning sharaf silsilasidir. Payg'ambar alayhissalomlar insoniyat uchun shonu sharaf, faxr bo'lgan, Robbul olamiynning ko'rsatmalarini odamlarga etkazib bergan shaxslardir. Ularning hammalari yagona Allohning bandalari, yagona Allohning payg'ambarlaridir. Ular o'zaro birodarlar bo'lib, bir-birlarini to'ldirib, bir-birlarini tasdiqlab kelganlar. Ular orqali insoniyatning asli bir ekani, yagona Allohga sig'ingani, bir dinga amal qilgani tushuniladi. Shuning uchun ham Islomda ularning orasini farqlamay, hammalariga birdek iymon keltirish farzdir. Payg'ambar alayhissalomlardan birortalarini inkor qilgan kimsa go'yoki hamma payg'ambarlarni inkor qilgandek kofir bo'ladi.
Payg'ambar alayhissalomlarning har birlari yaxshilik, fazilat bobida insoniyat uchun o'rnak va namuna, har birlari hidoyat mayog'idir. Ularning oxirgisi bo'lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam qiyomatgacha barchaga o'rnakdirlar. Insoniyat bugungi kunda payg'ambarlardan o'rnak olishga o'ta muhtoj holga kelgan. Buning uchun ularning ehtiromini o'rniga qo'yish, ularga Islom ko'rsatganidek iymon keltirish lozim, chunki Islomdan boshqa din va mafkuralarda bu xususiyat yo'q.
Iymonsizlar insoniyat tarixining gultoji bo'lmish Payg'ambarlar alayhissalomlarni hiylagar, yolg'onchi, buzuq, kazzoblar deb e'lon qilishdi va bu bilan insoniyat qadrini yana bir karra erga urishdi. Ular turli nobakorlarni payg'ambarlardan ustun qo'yib, afzal ko'rsatishga urinishdi. Ammo vaqti-soati kelib, ular sig'inib yurgan shaxslar shaytondan battar, tuban maxluqlar ekani ma'lum bo'ldi.
Islomdan boshqa ayrim dinlarda payg'ambarlar alayhissalomlarning ba'zilarini o'z qizi bilan zino qilganlikda ayblab, ba'zilarini umuman tan olishmaydi. Boshqa bir dinda esa g'uluvga ketib, ular ilohiylashtirib yuboriladi – Payg'ambarlar alayhissalomlarni «Hudoning o'g'li» yoki «Hudo» deb e'tiqod qilinadi. Bunga o'xshash xatolar to'lib yotibdi. Demak, bu masalada hamma narsa o'z o'rniga tushishi uchun ham Islom kerak.
Oxirat kuniga iymon
Islom oxirat kuniga iymon keltirishni ham iymondagi rukn masalalaridan qilgan. Iymon keltirish lozim bo'lgan narsalar ichida bu masalaga alohida e'tibor beriladi. Nima uchun bunday qilinganini bugungi kunda yaxsh tushunib turibmiz.
Oxirat kuniga iymon bo'lmasa yoki mazkur kunga iymon zaif bo'lsa, insoniyatning tanazzulga yuz tutishini tajriba ko'rsatdi. Oxirat kunida hamma odamlar qayta tirilishiga bu dunyoda qilgan amallarining zarra-zarrasigacha mukofot yoki jazo olishiga iymoni yo'q odamdan yaxshilik chiqish amrimahol. Agar oxirat kuniga iymon-ishonch bo'lmasa, s yuzida ezgulik va adolatga erishib bo'lmaydi. Oxirat kuniga iymon yo'qolib, «Odam o'lganidan keyin chirib, yo'q bo'ladi, qayta tirilmaydi» degan fikr hukmronlik qilsa, er yuzida kuchli kuchsizni eb bitiradigan “o'rmon qonunlari” joriy bo'ladi. Ha, agar zolim bu dunyoda qilgan zulmi uchun javob bermasa, yolg'onchi-firibgar o'z yolg'oni, firibi bilan davr surib qolish payida bo'laversa, xullas, hamma bu foniy dunyo matohi uchun har qanday yomonlikdan, ifloslik dan qaytmasa, bu dunyo qanday dunyo bo'ladi? Kuchsizlar, mazlumlar, bechoralarning holi nima kechadi? Hayot kechirish o'z-o'zidan cheksiz azobga aylanib, jamiyatda noumidlik, loqaydlik va o'zini o'zi o'ldirishlar ko'paymaydimi?
Mazkur balo-ofatlardan qutulish uchun kishilar insofli, diyonatli, to'g'riso'z bo'lishlari, barcha yomonliklardai qaytishlari lozim. Yomonliqdan qaytish uchun esa albatta, oxirat kuniga iymon keltirish darkor.
Yaxshi-yomon qadarga iymon
«Qadar» so'zi «o'lchov» ma'nosini anglatadi. Islom aqiydasida esa Alloh taolo azalda O'z ilmi va irodasi ila har bir narsani o'lchovli qilib qo'yganiga e'tiqod qilishni bildiradi.
Ulamolar qazo va qadarni quyidagicha ta'riflaydilar:
«Qazo – Alloh taolo hamma narsalarning kelajakda
qanday bo'lishini azaldan bilishidir».
«Qadar – o'sha narsalar Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir».
Ahli sunna val jamoa mazhabiga binoan, balog'atga etgan musulmon Alloh taolo bandalarning hamma ishlarini, maxluqotlarga bog'liq narsalarning barchasini avvaldan bilishiga iymon keltirishi vojib bo'ladi.
Qazo va qadar aqiydasi Allohga iymon keltirish asosidagi Islom aqiydalaridan biri hisoblanadi. Bu aqiyda to'g'ri ma'rifat asosida Alloh taoloni kamol sifatlari bilan sifatlashga asoslangan.
Ana o'sha sifatlarning biri – Allohning ilmi, u ilmning cheksizligi, Alloh irodasining shomilligi va qudratining komilligidir.
Qazo va qadar aqiydasi Alloh taoloning ana shu sifatlariga asoslangan aqiydadir. Shuning uchun ham qazoi qadarga iymon bo'lmasa, Alloxga bo'lgan iymon tugal bo'lmaydi.
Darhaqiqat, Alloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi ichida g'imirlayotgan chumolining harakatiyu o'z yo'lida harakat qilayotgan sayyoralardan ham boxabar. U Zotning ilmidan hech narsa chetda qolmaydi. Alloh taolo dunyodagi har bir zarra va uning harakatini ham bilib turadi.
Shuningdek, qiyomatgacha nima bo'lishi ham Allohga ma'lum. Agar ularni bilmasa, U Zotning barkamollik sifatiga nuqson etgan bo'lardi.
Qadarga bo'lgan ishonch o'z egasini doimo harakatda bo'lishga chorlaydi. U o'z foydasini harakatdan topadi. «Bu ishim besamar bo'lmasa, keyingisi natija berar», deb doimo yaxshi umidda ish olib boradi, chunki unga nima taqdir qilingani ma'lum emas, belgilari ham yo'q. Qadarga bo'lgan ishonchning hikmatlaridan yana biri inson boshiga musibat tushganida qayg'uni engillashtirishidir. Shuningdek, qazo va qadarga iymon keltirgan inson o'z hayotida muvaffaqiyatlarga erishgan chog'ida ham o'zini yo'qotib qo'ymaydi.
Barcha narsani Allohdan deb bilib, musibat etganda sabr qiladi, yaxshilikka erishganda shukr qiladi.
Albatta, iymonning boshqa ruknlari kabi qadarga iymon ham inson baxt-saodati uchun xizmat qiladigan muhim omillardan biridir.
Islomda insonning aqiydasi borasidagi barcha masalalar allaqachon hal bo'lgan. Bu borada musulmonlar boshqalarga o'xshab hardamxayol bo'lmaydilar. Dunyodagi eng to'g'ri e'tiqodda, Alloh taoloning O'zi bayon qilib bergan aqiydada ekanliklariga to'liq ishonch bilan saodatli hayot kechirib boraveradilar. Uzlarining tashvishga, xavotirga va ikkilanishga qolmasliklarini yaxshi biladilar.
2
ISLOM – ShARIAT
«Shariat» so'zi arab tilida «pog'ona, bosqich», «sun ichish joyi» hamda «yo'l, uslub» degan ma'nolarni anglatadi. Voqelikda «shariat» atamasi «qonunchilik» ma'nosida ishlatiladi. Hususan, Alloh joriy qilgan amaliy hukmlar majmuasi «shariat» deyiladi. Shu ma'noda shariat «fiqh» ma'nosida ham tushuniladi.
Samoviy dinlarning barchalaridagi amaliy qism «shariat» deb ataladi. Islom shariati hukmlari Qur'on, Sunnat, ijmo' va qiyosdan olinadi. Musulmon ulamolar «Shariat hukmlari barcha makon va zamonlarga mos bo'lish qobi liyatiga ega» degan g'oyani olg'a suradilar.
«Shariat hukmlarining umumiy maqsadi bu dunyoda odamlarning hayoti va saodati uchun kerak bo'lgan barcha narsalarni yuzaga chiqarishdir», deydi usulul fiqh ulamolari. Bu esa ularga manfaatni jalb qilish va ulardai zararni daf qilish orqali yuzaga chiqadi. Shariat o'sha haqiqatni o'ziga jo qilgan.
Islom dinining ta'limotlari, qonun-qoidalari va amallaridan beshta bosh maqsad ko'zda tutilgan:
Shariatda asosan mo'min-musulmon bandaning amaliy hayotiga tegishli ishlar tartibga solinadi. Odatda bu ishlarga oid manbalarda ibodatlar, muomalalar, oila va boshqa shunga o'xshash narsalar nizomi hamda jinoyatlarga bog'liq masalalar bayoni keladi.
Ibodatlarda tahorat, namoz, zakot, ro'za va haj masalalariga oid shar'iy hukmlar o'rganiladi.
Muomalalarda asosan savdo-sotiq, turli moliyaviy aloqalar, meros, vasiyat, vaqf, qullarga oid ishlar kabi masalalar o'rganiladi.
Oila nizomida nikoh, taloq, idda, hazona, nafaqa kabi masalalarga e'tibor qaratiladi.
Jinoyatlarda esa mast bo'lish, zino qilish, odam o'ldirish, birovga tan jarohati etkazish va pgunga o'xshash jinoyatlarni aniqlash va ularga tayin qilinadigan shar'iy jazolar haqida so'z boradi.
Albatta, taom, sharob, halol-harom kabi shaxsiy hayotdagi masalalar haqida ham alohida boblar bo'ladi. Shuningdek, kishilarning tashqi va ichki aloqalariga bog'liq, xavfsizlikni saqlash, mudofaa, asirlar, o'lja kabi narslarga oid hukmlar, inson hayotiga bog'liq boshqa barcha masalalar o'rganiladi.
Obodonchilik va adolat
Yuqorida ham ta'kidlanganidek, shariatning umumiy maqsadi manfaatlarni jalb qilish va zararlarni daf etishdir. Shu bilan birga, manfaatlarni iloji boricha ko'paytirish va zararlarni imkon qadar kamaytirish vojibligini ham aytib o'tishimiz kerak. Bularning barchasi ikki ulug' maqsad orqali amalga oshadi. Ular obodonchilik va (o'zaro) taqsimotdagi adolatdir.
Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, tenglik va adolatdir. Demak, bandalar buzg'unchilik sabablarini yo'qotishlari, shaharlarni muhofaza qilishlari, odamlarga zulm qilish dan chetda bo'lishlari va yana rushdning sabablariga erga-shishlari vojib bo'ladi. «Rushd» deb to'g'ri yo'lga erishish, balog'at va yana molu davlatni chiroyli tasarruf qilishgp ham aytiladi. Ya'ni iqtisodni to'g'ri yo'lga qo'yish ham mu-him vazifalardan biridir.
Shariat ta'limotlarida bundan boshqa hayot, taraqqiyot va saodat uchun kerak bo'lgan barcha narsalar mavjuddir.
3
EHSON – TARIQAT
«Ehson» dinning qalb tarbiyasiga bog'liq qismi bo'lib, u odatda, «tariqat» ham deyiladi. Bu qismga oid diniy ta'limotlarni o'rgatadigan ilm «tasavvuf ilmi» deb ataladigan bo'lib qolgan.
Islomning ruhiy-ma'naviy va axloq-odobga oid ta'li-motlarini Qur'oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi – tasavvuf bayon qilib beradi.
Ruhiy-ma'naviy qism «tazkiyatun-nafs» – «nafsni pok-lash» deb ham ataladi, chunki unda mo'minlarning nafslarini, ya'ni shaxsiyatlarini poklash, ularga fazilatlarni kasb qildirish va ularni razolatlardan xoli qilish borasida harakat ketadi.
Islom dinida axloqiy tarbiya diniy tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Zero, din «yaxshi» deb hisoblagan va da'vat etgan narsalar ezgulik, «yomon» deb hisoblagan va man etgan narsalar yovuzlikdir. Shuningdek, din buyurgan, hayotda va muomalada kasb etishga targ'ib etgan axloq va fazilatlar Islom jamiyatida oliymaqom qadriyat hisoblanadi.
Axloqiy dunyo o'z tabiatiga ko'ra diniydir. Axloqi va muomalasi go'zal bo'lmagan musulmonning dini ham mukammal hisoblanmaydi.
«Axloq» so'zi «xulq» so'zining ko'pligi bo'lib, insonda shakllanadigan xulq-atvorni bildiradi. Tasavvuf ilmida o'sha xulqlarning yaxshi va yomoni, ularning yaxshisiga amal qilib, yomonidan chetlanish yo'llari bayon etiladi. So'ngra husni xulq haqida alohida to'xtalib, unga oid ko'plab ma'lumot va tajribalar o'rganiladi.
Musulmonlar Alloh taoloning oxirgi va mukammal, mukarram axloqlar dini bo'lgan Islom orqali husni xulqni o'zlariga kasb qilganlar. Ularning o'zlari bu ulug' ne'matlardan bahramand bo'libgina qolmay, o'zgalarga ham yaxshiliklar etishini istaganlar.
Har bir nafsning poklanishi uchta omilga bog'liq:
birinchi omil – poklanish, ya'ni qalb xastaliklaridan davolanish;
ikkinchi omil – tiklanish, ya'ni ma'lum maqomotlarni ro'yobga chiqarish;
uchinchi omil – xulqlanish, ya'ni ma'lum ism va sifatlar ila xulqlanish.
Mazkur asosdagi ruhiy tarbiya inson zoti va uning ikki dunyodagi saodati uchun juda ham zarurdir. Islom dini har bir musulmonga mazkur tarbiyani mukammal holda taqdim etadi.
Iymon-e'tiqodi, dunyoqarashi to'g'ri va sof, amallari ezgu, har bir lahzada, barcha holatda «Alloh meni ko'rib turibdi» degan ishonch-e'tiqod asosida yashaydigan, barcha yomonlik va noma'qulchiliklardan poklangan, hamma yaxshilik va fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan, Robbul olamiynning xulqlari bilan xulqlangan, o'z zimmasidash haq va burchlarni to'la ado etgan shaxsgina tom ma'nodagi «komil inson» bo'ladi.
Islom dinining jamiyatdagi xizmati ana shunday komil insonni tarbiyalash va o'shanday insonlardan tarkib topgan jamiyatni barpo etishdir. Maqsad insonga uning insoniyligini qaytarish, uning yaratilishidan ko'zlangan maqsadpi ro'yobga chiqarishdir. Siz buni shu satrlargacha bo'lgan ma'lumotlardan ham anglagan bo'lsangiz kerak. Bu ham bo'lsa, Islom dinining aynan inson baxt-saodati uchun yuborilgapi hamda dunyoda unga erkin, farovon, baxtli va unumli hayot, oxiratda esa cheksiz saodat taqdim etuvchi ilohiy ta'limoi ekanidandir desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam Alloq taoloning bevosita ishtirokida aynan ana shunday jamiyatning yuzaga chiqishiga xizmat qildilar. U zotga Alloh taoloning salavotlari va salomlari bo'lsin!
KYeYINGI MAVZULAR:
UChINChI BOB
Roshid xalifalar davri
BIRINChI FASL
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu
Musaylima haqida
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati