Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2025   |   9 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:56
Peshin
12:30
Asr
17:01
Shom
18:58
Xufton
20:14
Bismillah
07 Aprel, 2025, 9 Shavvol, 1446

Oliy ma'hadda “Qorilar musobaqasi-2020” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

11.12.2020   4149   7 min.
Oliy ma'hadda “Qorilar musobaqasi-2020” ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Alloh taolo kalomi sharifida marhamat qilib aytganidek:

وَفِي ذَلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ

“…Bas, musobaqachilar shu (ne'matlar) yo'lida musobaqa qilsinlar!”[1].

Hadisi sharifda shunday deyilgan:

عَن عُثْمَانَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:خَيْرُ كُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَوَعَلَّمَهُ. رَوَاهُ أًحْمَد وَأَصْحَابُ الْكُتُبِ السِّتَّةِ

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilindi: «Nabiy sollollohu alayhi va salla dedilar: «Sizlarning eng yaxshingiz Qur'onni o'rgangan va o'rgatganingizdir». Imom Ahmad va olti to'plam egalari rivoyat qilgan.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 5 yanvar' kuni xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida: Qur'onni eshitish, eshita olish yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on hech qachon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar Qur'oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo'ladi. Elimizga nur keladi…[2], deb ta'kidlagan.

Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutimizda ham har yili “Qorilar musobaqasi”ni o'tkazish an'anaga aylangan. Joriy 2020 yil 10 dekabr kuni institut talabalari o'rtasida Tahfizul Qur'on kafedrasi tashabbusi bilan Qur'oni karimning “hifz” (ya'ni, Qur'onni to'liq yod olganlar) hamda “tilovat” (ya'ni, Qur'onni to'g'ri, go'zal va ravon o'quvchilar) yo'nalishlarida “Qorilar musobaqasi” o'tkazildi.

Musobaqani quyidagi hakamlar hay'ati baholab bordi: TII “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi mudiri: Jahongir qori Nematov, “Tahfizul-Qur'on” kafedrasi o'qituvchilari: Ahmadxon qori Rashidov, Islomxon qori Ubaydullayev, Valixon qori Azimboyev, Abdulbosit qori Qobilov, Zafar qori Mahmudov. Kotib va hisobchi: Elyor qori Ahmatqulov.

Tahfizul Qur'on kafedrasi o'qituvchisi Abdulbosit qori Qobulov tilovati bilan musobaqa boshlab berildi.

 

Hakamlar hay'ati azolari Tahfizul Qur'on kafedrasi o'qituvchilari- o'ngdan: Jahongir qori Ne'matov, Ahmadxon qori Rashidov, Islomxon qori Ubaydullayev, Elyor qori Ahmaqdqulov.

 

Toshkent islom instituti rektori Uyg'un domla G'afurov kirish so'zi bilan tadbirni ochib berdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon qori Ishmatbekov ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi

 

Tahfizul Qur'on kafedrasi o'qituvchisi Jahongir qori Ro'ziyev tadbirda boshlovchilik qildi

 

Ishtirokchi qori talabalar

 

Musobaqa tashkilotchilari rahbari, Tahfizul Qur'on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne'matov ko'rik-tanlov shartlari bilan tanishtirmoqda

Musobaqa yakuniga ko'ra quyidagi talabalar g'olib deb topildilar:

“Hifz” yo'nalishidagi g'oliblar:

Birinchi o'rin: Nuriddinov Asadulloxon qori (4 kurs), Prorektor Umidjon domla Hodjayev taqdirladi.

 

Ikkinchi o'rin: Homidov Muhammadyusuf qori (3 kurs). Ahmadjon qori Rashidov taqdirladi.

 

Uchinchi o'rin: Izzatullayev Fayzulloh qori (4 kurs). Abdulbosit qori Qobilov taqdirladi.

“Tilovat” yo'nalishidagi g'oliblar:

Birinchi o'rin: Homidov Hikmatulloh qori (3 kurs). Valixon qori Azimboyev taqdirladi

Ikkinchi o'rin: Ko'paysinov Jasur qori (3 kurs);

Uchinchi o'rin: Jalolxonov Abbos qori (1 kurs). Zafar qori Mahmudov taqdirladi.

Musobaqa so'ngida g'oliblar diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Tadbir oxirida yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini so'rab duoyi xayr qilindi.

 

Jahongir Ubaydulloh,

Toshkent islom instituti “Tahfizul-Qur'on”

kafedrasi o'qituvchisi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Payg‘ambarimiz alayhissalom suygan amal

07.04.2025   531   3 min.
Payg‘ambarimiz alayhissalom suygan amal

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga qiyin qilib qo‘y(ishni o‘yla)maganimda, ularni saharlarda, albatta, misvok qilishga buyurgan bo‘lardim!” dedilar (Abu Nuaym rivoyati).

“Xuddi kotib qulog‘iga qalam qistirganidek, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham quloqlariga misvok qistirib olar edilar” (Bayhaqiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olib, sahobalar ham misvok tutishga katta e’tibor berishgan.


Miqdom ibn Shurayh ibn Honi’ Horisiy otasidan rivoyat qiladi: “Men Oisha roziyallohu anhodan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, ishni nimadan boshlar edilar?” deb so‘raganimda, “Misvok (ishlatish) bilan”, deb javob berdilar” (Imom Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

Bu rivoyatdan misvok ishlatish faqat tahorat va namoz vaqtiga bog‘liq emasligini bilib olamiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oila a’zolariga chiroyli suratda yuzlanish uchun uyga kirishlari bilan misvok qilganlar.

Alloma Munoviy bunga quyidagicha dalil keltiradi: “Musulmon kishi uyga kirganida ahliga salom berishi kerak. Salomda Allohning ismi bor. Allohning ismi esa faqat pok og‘iz bilan aytiladi”.

 

Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam misvok qilmasdan turib, namoz o‘qish uchun tashqariga (ya’ni, masjidga) chiqmasdilar” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ba’zi ulamolar ushbu hadisni dalil qilib: “Uyda yoki masjidga kirmasdan oldin misvok qilib olingani ma’qul”, deyishgan.

Tungi uyqudan tahajjud yoki bomdod namozlariga turilganida misvok qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga muvofiqdir. Garchi hadisda tungi uyqu nazarda tutilgan bo‘lsa-da, umuman, kunduzgi uyqudan keyin ham misvok qilish yaxshidir.

 

Oisha roziyallohu anho aytadilar: “U zotning tahorat suvi va misvoklari tayyorlab qo‘yilar edi. Tunda uyqudan uyg‘onganlarida, oldin hojatga borib, so‘ngra misvok ishlatar edilar” (Abu Dovud rivoyati).

Juma kuni misvok ishlatish haqida ham alohida ta’kidlangan. Chunki bu kuni mo‘min-musulmonlar juma namozini o‘qish uchun masjidga to‘planishadi.

Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam misvokni yonlariga hozirlab qo‘ygan holda uxlardilar. Uyqudan uyg‘onganlarida ishni misvok qilishdan boshlar edilar” (Ahmad, Abu Ya’lo va Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertayu kech jiddiy ahamiyat bergan narsaga bizlar ham e’tibor qaratishimiz zarur. Bu esa o‘z o‘rnida tishlarni toza tutish o‘ta fazilatli amal ekaniga ishoradir.


Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li