O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston musulmonlari idorasi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda mustaqillik yillari O'zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag'rikenglik va hamkorlik g'oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni yot g'oyalardan himoya qilishda faollik ko'rsatgan ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash va munosib rag'batlantirish maqsadida «Sarhisob» tanlovini o'tkazadi.
Tanlovning hududiy bosqichida 2020 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning
1 dekabrgacha gazeta va jurnallarda bosilgan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko'rsatilgan va Internet tarmog'ida e'lon qilingan materiallar 2020 yilning 10 dekabriga qadar qabul qilinadi. Hududiy bosqich g'oliblari respublika bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi.
Tanlovning hududiy bosqichi 10 dekabrgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Respublika bosqichi g'oliblari hududiy bosqichda g'olib chiqqan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay'ati tomonidan tanlov asosida saralanadi. Tanlov g'oliblari OAVda e'lon qilinadi.
Tanlovning respublika bosqichida g'olib, deb topilganlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
Bosh mukofot: «Jaholatga qarshi – ma'rifat» mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish.
Folib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – I, II, III o'rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – I, II, III o'rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – I, II, III o'rinlar);
eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – I, II, III o'rinlar);
eng faol targ'ibotchi (I, II, III o'rinlar);
Foliblarga asosiy mukofotlarga qo'shimcha tarzda tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari ham topshiriladi.
Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internetda e'lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo'lmasligi kerak).
Televideniye bo'yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar, 5 minutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.
Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.
Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko'chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
– muallifning ismi-sharifi, o'z sohasida olib borayotgan faoliyati to'g'risida qisqacha ma'lumot;
– muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;
– pasport nusxasi.
Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari har bir hudud bo'yicha O'zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklariga topshiriladi. Bog'lanish uchun ma'lumotlar:
Andijon viloyati (74) 228-01-58
Buxoro viloyati (65) 224-40-51
Jizzax viloyati (72) 223-85-30
Navoiy viloyati (36) 225-17-47
Namangan viloyati (69) 226-10-01
Samarqand viloyati (66) 235-34-18
Sirdaryo viloyati (67) 227-23-00
Surxondaryo viloyati (76) 225-52-00
Farg'ona viloyati (73) 226-72-44
Horazm viloyati (62) 228-44-38
Toshkent viloyati (95) 142-14-54
Toshkent shahri (71) 235-22-21
Qashqadaryo viloyati (75) 225-56-32
Qoraqalpog'iston Respublikasi (61) 229-02-64
«Sarhisob» tanlovida ishtirok eting va g'olib bo'ling!
Tashkiliy qo'mita
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov boshchiligida Diniy idoraning bir guruh vakillari Qatar davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Qatar mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda qatnashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini o‘zaro bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy rishtalar bugungi kunda keng ko‘lamli va uzoq muddatli aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al Soniy sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda Qatar Davlati keng qamrovli taraqqiyot borasida sifat jihatdan ulkan o‘zgarishlarga erishdi hamda strategik rejalashtirish va zamonaviy iqtisodiy boshqaruv sohalarida o‘rnak bo‘ladigan mamlakatga aylandi.
Bu yilgi bayramni Qatar davlati va uning fuqarolari "Qatar sizlar bilan yuksaladi va sizlardan kutadi" shiori ostida nishonlamoqda. Bu shior ham Qatar davlati amirining so‘zlaridan olingan. Qatar Milliy 2030 Rivojlanish Strategiyasi esa insonni taraqqiyot markaziga qo‘yib, uni oliy maqsad sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Qatar elchixonasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga bir qator kitoblar sovg‘a qilingan, o‘z navbatida mehmonlarga Markaz tomonidan Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi tuhfa etilgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati