Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Noyabr, 2025   |   16 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:01
Peshin
12:12
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:30
Bismillah
07 Noyabr, 2025, 16 Jumadul avval, 1447

«Sar­hisob» tan­lovida ishtirok eting!

03.12.2020   4221   4 min.
«Sar­hisob» tan­lovida ishtirok eting!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'­mita, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O'z­be­­kis­­ton Milliy teleradio­kompa­niyasi, O'zbekiston mu­sul­mon­lari idorasi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi bi­lan ham­­­korlikda mustaqil­lik yillari O'zbekistonda di­niy-ma'rifiy sohada amalga oshiri­layotgan islohot­larni keng tar­g'ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadr­lash, dinlararo bag'rikenglik va ham­korlik g'oya­larini omma­lash­­ti­­rish, xalqimiz, ayniqsa, o'sib kelayot­gan yosh avlodni yot g'oya­lardan himoya qilishda faollik ko'rsatgan ijodkor­lar­ni qo'llab-quvvatlash va munosib rag'batlantirish maq­sa­di­da «Sar­hisob» tan­lovini o'tkazadi.

Tanlovning hududiy bosqichida 2020 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning
1 dekabrgacha gazeta va jurnallarda bosil­gan, radio orqali efirga uzatilgan, televideniyeda ko'r­sa­­­tilgan va Internet tarmog'ida e'lon qilingan material­lar 2020 yilning 10 dekabriga qadar qabul qilinadi. Hu­­­dudiy bosqich g'oliblari respublika bosqichida qat­na­shish huquqini qo'lga kiritishadi.

Tanlovning hududiy bosqichi 10 dekabrgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Respublika bosqichi g'o­liblari hududiy bosqichda g'olib chiqqan ishtirokchilar ora­­sidan hakamlar hay'ati tomonidan tanlov asosida saralanadi. Tanlov g'oliblari OAVda e'lon qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichida g'olib, deb to­pil­gan­lar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

Bosh mukofot: «Jaholatga qarshi – ma'rifat» mavzusidagi eng yaxshi ijodiy ish.

Folib maxsus diplom va tashkilotchilarning qimmatbaho sov­­g'alari bilan taqdirlanadi.

Asosiy mukofotlar:

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (televideniye – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (radio – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (davriy matbuot – I, II, III o'rinlar);

eng yaxshi ijodiy ish uchun mukofot (Internet – I, II, III o'rinlar);

eng faol targ'ibotchi (I, II, III o'rinlar);

Foliblarga asosiy mukofotlarga qo'shimcha tarzda tash­ki­lot­chilarning qimmatbaho sovg'alari ham topshiriladi.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Inter­net­da e'lon qilingan ishlar taqdim etiladi (3 tadan kam bo'l­masligi kerak).

Televideniye bo'yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vo­sitaning qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'i nazar, 5 mi­nutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 minutdan 30 minutgacha bo'lishi kerak.

Matbuot va Internet materiallari davriy nashrning asl nus­­xasi yoki ko'chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qi­linadi:

– muallifning ismi-sharifi, o'z sohasida olib bo­rayot­gan faoliyati to'g'risida qisqacha ma'lumot;

– muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;

– pasport nusxasi.

Tanlovda ishtirok etuvchilarning materiallari har bir hudud bo'yicha O'zbe­kis­ton musulmonlari idorasining hududiy vakilliklariga top­shiriladi. Bog'lanish uchun ma'lumotlar:

Andijon viloyati  (74) 228-01-58

Buxoro viloyati  (65) 224-40-51

Jizzax viloyati  (72) 223-85-30

Navoiy viloyati  (36) 225-17-47

Namangan viloyati  (69) 226-10-01

Samarqand viloyati  (66) 235-34-18

Sirdaryo viloyati  (67) 227-23-00

Surxondaryo viloyati  (76) 225-52-00

Farg'ona viloyati  (73) 226-72-44

Horazm viloyati  (62)  228-44-38

Toshkent viloyati  (95) 142-14-54

Toshkent shahri  (71)  235-22-21

Qashqadaryo viloyati  (75) 225-56-32

Qoraqalpog'iston Respublikasi  (61) 229-02-64

 

«Sar­hisob» tan­lovida ishtirok eting va g'olib bo'ling!

 

Tashkiliy qo'mita

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Qizim! Qizi bor otalar qanday ham baxtlisiz...

07.11.2025   661   1 min.
Qizim! Qizi bor otalar qanday ham baxtlisiz...
Ibratli hikoyalar