Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Fevral, 2026   |   23 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:04
Quyosh
07:23
Peshin
12:42
Asr
16:09
Shom
17:56
Xufton
19:09
Bismillah
11 Fevral, 2026, 23 Sha`bon, 1447

Namozni go'zal holatda ado etish

19.11.2020   3048   1 min.
Namozni go'zal holatda ado etish

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

«Hushu'» deb, a'zolarning sukunatda va qalbning Alloh bilan bo'lishiga aytiladi.

Namozni go'zal qilib ado etish esa farz, vojib, sunnat kabi odoblarini o'rniga qo'ymoqlikdir.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: هَلْ تَرَوْنَ قِبْلَتِي هَا هُنَا وَاللهِ مَا يَخْفَى عَلَيَّ رُكُوعُكُمْ وَلَا خُشُوعُكُمْ، وَإِنِّي لَأَرَاكُمْ مِنْ وَرَاءِ ظَهْرِي.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko'ryapsizlarmi, mening qiblam bu tomonda! Allohga qasamki, men uchun rukularingiz ham, xushularingiz ham maxfiy qolmas. Albatta, men sizlarni orqamdan ham ko'rurman», dedilar».

Sharh: Ushbu hadisi sharifda namozning xuzusi va xushusini joyiga qo'yib o'qish zarurligi ta'kidlanmoqda.

Har bir inson namozning amallarini yaxshi ado etar ekan, unda a'zolari to'la sokinlikda qolib, qalbi Alloh yodi bilan bo'lmog'i zarur.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarga, meni qiblaga qarab turibdilar, orqalaridagi narsani, jumladan, bizning ruku va xushularimizni ko'rmaydi, deb o'ylamanglar, men ko'rib turaman, deganlarining ma'nosi shudir.

Ayniqsa, u zot sollallohu alayhi vasallamning bu gapni Alloh nomi ila qasam ichib aytishlari ushbu ma'noni qattiq ta'kidlaydi.

Shuning uchun har birimiz namozimizning ruku va xushusini joyiga qo'yib o'qishimiz lozim.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi

10.02.2026   1306   1 min.
Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi

#xabar #musobaqa


Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi va Shayxontohur sport maktabida diniy soha xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.  (https://t.me/muslimuzportal/44428)


 Mazkur musobaqada dastlab 16 ta jamoa nimchorak final bahslariga kirishdi. Qizg‘in bellashuvlar natijasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


 Chorak final uchrashuvlaridan so‘ng Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.


 Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahslar esa yanada keskin tus oldi. Unda Qashqadaryo — Samarqand hamda Qoraqalpog‘iston — Navoiy jamoalari o‘rtasida murosasiz o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Navoiy va Samarqand jamoalari uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradigan bo‘lishdi.
 

 Shunday qilib, ertaga — 10 fevral kuni mazkur jamoalar ishtirokida hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. 
 

Shuningdek, shaxmat bo‘yicha bahslar ham qizg‘in va murosasiz kechdi. Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi Abduvohid domla Ahmadaliyev, Toshkent viloyatidan Abdulazizxon domla Ahmadxo‘jayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Abdulkabir domla Idrisov hamda Farg‘ona viloyati vakili Niyozbek domla Payg‘amov mohirona yurishlar qilishdi.  
 

Musobaqalar tafsilotini kanalimizda kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi Saralash musobaqalari qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari