Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Yanvar, 2026   |   7 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:18
Quyosh
07:40
Peshin
12:41
Asr
15:50
Shom
17:36
Xufton
18:51
Bismillah
26 Yanvar, 2026, 7 Sha`bon, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Oltinchi mu'man bihning sharhini munosabat jihatidin munda qilindi (O'n ettinchi mavzu)

19.11.2020   2758   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Oltinchi mu'man bihning sharhini munosabat jihatidin munda qilindi (O'n ettinchi mavzu)

 

NAZM

 

Oltinchi mu'man bihning sharhini munosabat

jihatidin munda qilindi

   

   Taqdirg'a ishoratdur

 

Yeru ko'k ichra har ne hodisdur,

Tengri taqdiri, bilki, bo'isdur.

Kufru din, zuhdu fisqu yaxshi-yamon,

Tengri taqdiri birladur yakson.

Fe'lingiz har nedur, biling Ondin,

Yamonu yaxshi barcha – Rahmondin.

Yamonu yaxshidur – qazosi aning,

Yaxshig'adur vale rizosi Aning.

Zohidig'a tegar tuvban ta'abe,

Yorlaqar fosiqeni besababe.

Zulm emastur, erur bori ishi xo'b,

Adl ila fazl erur Anga mansub.

 

NASRIY BAYoN

 

BOBUR IZOHI. Oltinchi mu'man bih (iymonning oltinchi sharti)ning sharhi mavzuga munosib bo'lgani sababli bu o'rinda qilindi.

 

Taqdirga ishonmoq sharhi

 

Yeru osmon ichra yana har nimaiki bor bo'lsa, hammasi hodisdir – keyin paydo bo'lgandir. Bunga Alloh ta'oloning taqdiri – belgilab qo'ygan o'lchovi, andazasi, qazoyu qadari sababdir.

 

IZOH. Inson, jin, Yer, osmon, malak (farishta), shayton, hayvon, o'simlik, jonsiz mavjudot, javhar, ma'dan, idrok etiladigan va his qilinadigan narsalarning hamma-hammasi hodisdir (keyin paydo bo'lgandir). Janobi Haq bularni yo'qdan bor qilgan («Jomi' ul-mutun»).

 

Kufr va iymon, zuhdu fisq, ya'ni dunyo lazzatlaridan kechib, Haqqa berilish ham, Haq yo'ldan chiqib, noloyiq ishlarni qilish ham, yaxshi va yomon ishlar ham – hammasi birday Allohning belgilab qo'ygan taqdiri bilandir.

 

Fe'lingiz har qanday bo'lsa, Undan deb biling, chunki yaxshi va yomon ishlarning hammasi Rahmon bo'lmish Allohdandir.

 

Yaxshi  va  yomon  ishlarning  hammasi  Uning  qazoyu  qadari  bilandir, lekin (Uning yomon ishlarga rizosi yo'q,) Uning rizosi faqat yaxshi ishlargadir (Alloh faqat yaxshi ishlardan rozi bo'ladi).

 

Zohidga – dunyodan o'zini tortib, toat-ibodatga berilgan kishiga, xohlasa, Undan mashaqqat, qiyinchilik etadi, (xohlasa,) fosiqni, ya'ni Haqning itoatidan chiqqan gunohkorni hech qanday sababsiz ham rahmat qilaveradi. Uning barcha ishi yaxshidir, zulm-nohaqlik emasdir, adolat va fazl – lutfu karam Unga tegishlidir, Unga xosdir.

 

IZOH. Taqdirga – yaxshilik va yomonlik Allohdan ekaniga ishonmoq iymon shartlaridandir.

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

Mirzo KYeNJABYeK

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Shayx Yusufxon To‘ra Shokirov hayot yo‘li

26.01.2026   385   1 min.

Muhammad Akmalxon domla Shokirov xotiralari

Videolavhalar