Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Yanvar, 2026   |   7 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:18
Quyosh
07:40
Peshin
12:41
Asr
15:50
Shom
17:36
Xufton
18:51
Bismillah
26 Yanvar, 2026, 7 Sha`bon, 1447

Unutilayotgan sunnatlar (17-sunnat): Tahoratli holda yotish

16.11.2020   2749   3 min.
Unutilayotgan sunnatlar (17-sunnat): Tahoratli holda yotish

 

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Yotog'ingga kelganda namozga qanday tahorat qilsang shunday tahorat qil. Keyin o'ng tomoningga yot, so'ngra bunday degin:

“Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va aljatu zahriy ilayka rag'batan va rahbatan ilayka, laa maljaaa va laa manjaa minka illaa ilayka, aamantu bikitobikallaziy anzalta va binabiyyikallaziy arsalta”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim pok holida uxlasa, uning haqiga bir farishta: “Allohim, bu bandangni mag'firat qil. Chunki u pok holida uxladi”, deydi” (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: “Qachon mo'min banda uxlasa, uning ruhi Arshga ko'tariladi. Agar banda tahoratli holida yotgan bo'lsa, uning ruhiga Arshda Alloh taologa sajda qilishiga ijozat beriladi”(Ibn Muborak Kitabu-z-Zuhd, Fathu-l-Boriy).

Ijliy rahimahulloh aytadi: “Kim tahorat olgan holida Alloh taoloni zikr qilib o'rniga yotsa, to uyg'onguniga qadar Alloh taoloning ibodatida qoim bo'lganlar savobiga musharraf bo'ladi”(Fathu-l-Boriy).

Qarang, bu juda ham oson, ammo savobi ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, jannatga etkazuvchi bo'lgan amaldir. Lekin dangasaligimiz, beparvoligimiz oqibatida bunga e'tibor bermaymiz, amal qilmaymiz. Ko'pchiligimiz hatto bilmaymiz ham. Avval bilmasak, endi bilib oldik. Endi bilganimizga amal qilaylik va boshqalarga ham etkazaylik.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yoyilishiga xizmat qilish u zotga bo'lgan muhabbat va ehtiromning yuksak namunasi hisoblanadi. U zot sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini aniqlik bilan etkazganlarning haqqiga: “Mening gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin”, deb duo qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo barchamizga har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishimizga tavfiq ato etsin, omiyn!

Allohumma solli va sallim 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof

26.01.2026   202   1 min.
Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Namangan viloyatidan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun “Masofalarni yaqin qiluvchi muloqot” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etildi.Namangan viloyati bosh imom-xatibining birinchi o‘rinbosari Obidxon domla Ikromov 30 nafar talaba bilan yuzma-yuz suhbatlashib, odob-axloq, ustozga hurmat va ilm yo‘lida oliy himmatli bo‘lish haqida ma’naviy-hayotiy nasihatlar berdi.


Tadbir yakunida 30 nafar talabaga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, eng faol 4 nafar talabaga to‘lov-shartnomalarini qoplash uchun 10 million so‘mdan maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

***

22-yanvar kuni «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurtida Namangan viloyatidan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun «Masofalarni yaqin qiluvchi muloqot» shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi. 

O‘MI Namangan viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari Akmalxon domla Ahmedov 12 nafar talaba bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ilm olishda to‘g‘ri niyat, islomiy odob-axloq va ustozlarga hurmat masalalariga e’tibor qaratdi.

Tadbir yakunida talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 


Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun moddiy-ma’naviy madad va yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga katta rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof Ilm yo‘lidagi yoshlarga e’tibor va e’tirof
O'zbekiston yangiliklari