Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Dunyodagi eng baland masjidda birinchi jamoa namozi o'qildi

01.11.2020   7126   1 min.
Dunyodagi eng baland masjidda birinchi jamoa namozi o'qildi

28 oktyabr' kuni dunyodagi eng baland masjidda birinchi jamoa namozi o'qildi. Jazoir katta masjidida jamoa namoz Payg'ambar Muhammad ﷺ tug'ilgan kuni sharafiga bo'lib o'tdi. Musulmonlar masjidi Jazoirning sobiq Prezidenti Abdulaziz Buteflika tashabbusi bilan qurilgan. Islam.ru xabariga ko'ra, u bir yarim yil oldin yakunlandi. Jazoirning yangi masjidi 267 metr balandlikdagi dunyodagi eng katta minoraga ega. Ushbu minoraning 43 qavatiga panoramali liftlar xizmat ko'rsatadi.
Masjidning katta namozgohi 120 000 gacha ibodat qiluvchilarni sig'dira oladi. Uning ichki qismi olti kilometrlik Arab hattotligi bilan yozilgan Qur'ondan oyatlar, qimmatbaho yog'och, marmar va alebastr bezaklari hamda gul naqshli feruza gilamlar bilan bezatilgan.
Masjid 27,5 gektar maydonni qamrab olgan bo'lib, Makka va Madinadagi masjidlardan keyin dunyodagi uchinchi yirik masjid, Afrikadagi eng katta masjid hisoblanadi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Namanganda diniy soha xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

27.01.2026   2014   1 min.
Namanganda diniy soha xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan Namangan viloyatida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida diniy soha xodimlari o‘rtasida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Videolavhalar