28 oktyabr' kuni dunyodagi eng baland masjidda birinchi jamoa namozi o'qildi. Jazoir katta masjidida jamoa namoz Payg'ambar Muhammad ﷺ tug'ilgan kuni sharafiga bo'lib o'tdi. Musulmonlar masjidi Jazoirning sobiq Prezidenti Abdulaziz Buteflika tashabbusi bilan qurilgan. Islam.ru xabariga ko'ra, u bir yarim yil oldin yakunlandi. Jazoirning yangi masjidi 267 metr balandlikdagi dunyodagi eng katta minoraga ega. Ushbu minoraning 43 qavatiga panoramali liftlar xizmat ko'rsatadi.
Masjidning katta namozgohi 120 000 gacha ibodat qiluvchilarni sig'dira oladi. Uning ichki qismi olti kilometrlik Arab hattotligi bilan yozilgan Qur'ondan oyatlar, qimmatbaho yog'och, marmar va alebastr bezaklari hamda gul naqshli feruza gilamlar bilan bezatilgan.
Masjid 27,5 gektar maydonni qamrab olgan bo'lib, Makka va Madinadagi masjidlardan keyin dunyodagi uchinchi yirik masjid, Afrikadagi eng katta masjid hisoblanadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 28 yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev hamda talabalar qatnashdilar.
Uchrashuvda yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, vaqtdan unumli foydalanish va ulug‘ ulamolar hayotidan ibratli misollar orqali sabr, ixlos va doimiy izlanishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish va ilmni jamiyat manfaati yo‘lida o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol va intizomli 6 nafar talabaning har biriga 5 million so‘mdan, shuningdek, 2 nafar talabaning har biriga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji uchun 30 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati