Oliy muftiy Naurizbay hoji Tag'anuli ma'naviy uyg'unlik kuni munosabati bilan "Jusan" operatsiyasi doirasida mamlakatga qaytgan O'tirov aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog'ida Oliy muftiy Naurizbay hoji Tag'anuli uyga sog'-salomat va omonlikda qaytish Allohning buyuk rahmati va davlatning g'amxo'rligi ekanini ta'kidladi.
"Qozoqlar - etim va beva-bechoralarni hech baloga qoldirmagan xalq. "Jusan" (shuvoq) nomining o'zi ko'p narsani bildiradi. Bir paytlar Islom davlatini boshqargan ajdodimiz Sulton Baybars ham shuvoqning isini sog'ingan. Shuvoq-ona yurt, Vatanimiz ramzi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ham agar dushmanlari uni haydab yubormaganlarida Makkani tark etmas edilar. Afsuski, ko'p birodarlarimiz va opa-singillarimiz jang maydoniga borib o'ldilar. Bolalar yaralandi. Aslida din urush bilan tarqatilmaydi. Din da'vatda yashnaydi", - deydi Oliy muftiy.
Kazislam.kz ma'lumotlariga ko'ra,, o'z navbatida, "Jusan-2" operatsiyasi tufayli mamlakatga Suriyadan qaytganlar mamlakat rahbariyatiga, yangi hayot va yangi imkoniyatlar bergan ushbu tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.
"Qozog'istonga qaytganimiz uchun Hudoga shukr qilamiz. Avval bizda mamlakatimizga boshqa qarash bor edi. Edi Vatanga hurmatimiz oshdi. Alloh sizdan rozi bo'lsin, - dedi Perizat Jaksilik qizi.
Ta'kidlash kerakki, "Jusan" operatsiyasi doirasida 21 nafar ayol va 75 nafar bola O'tirov viloyatiga qaytdi. Uchrashuv O'tirov viloyatidagi Imangali masjidida bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida oliy muftiy Naurizbay hoji Tag'anuli "Jusan" operatsiyasi bo'yicha qaytganlarga oziq-ovqat paketlarini va kitoblarni topshirdi, xabar qiladi Azan.kz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabarlar
Joriy yilning 16 fevral kuni Surxondaryo viloyati otinoyilari uchun "Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni" mavzusida seminar o‘tkazildi. Uni Surxondaryo viloyati bosh otinoyiisi X. Kosimova ochib berdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i D.Egamova va mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi M.Abubakirovalar ma’ruza qildilar.
Seminarda otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, otinoyining odob-axloq qoidalari, malaka talablari, ma’ruza qilish me’yorlari mavzularida suhbat bo‘ldi.
Shuningdek, ma’raka va marosimlarda bid’atlarga yo‘l qo‘ymaslik, isrof va dabdabadan tiyilish, dinimizning sof ta’limotlariga amal qilish haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Yosh avlodni turli yot g‘oyalardan asrash, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda otinoyilarning ibratli so‘zi va amali muhim ekanligi qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilining Xotin kizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarning yordamchisi Hasanova Maftuna Xolmatjonovna 2025 yildagi fidokorona mehnati va diniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun "ENG FIDOKOR XODIM" maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bosh otinoyining faoliyatidagi hujjatlar yuritilishi o‘rganildi va zarur tavsiyalar berildi.
Mumina.uz