Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Bir savol so'rasam: Insonlarni jin chalishi mumkin-mi?

17.10.2020   2898   1 min.
Bir savol so'rasam: Insonlarni jin chalishi mumkin-mi?

— Bolalikda bir tengdoshim og'zi qiyshayib, o'zi bemordek bo'lib qolganini ko'rgandim. Shunda kattalar: “Uni jin chalibdi”, deyishgandi. Domlalarga olib borishib o'qitishgandan so'ng, ahvoli yaxshilanib ketgandi. Haqiqatan ham jin chalish, degan tushuncha dinimizda bormi?

— Islomda jin chalish bor. Lekin bunga juda ham urg'u berib, haddan ortiq e'tibor berib yubormaslik kerak. Taqvoli va parhezkor olim inson Qur'on oyatlaridan ixlos ila o'qib dam solsa ketadi.

﴿الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لاَ يَقُومُونَ إِلاَّ كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ﴾

“Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo'lgan kishidek turarlar” (Baqara surasi, 275-oyat).

Ushbu oyati karimada jin chalishi haqida so'z yuritilib, qanday holatda bo'lishi bayon qilingan. Ya'ni ularning o'zlarini tutishlari sog'-salomat, aqlli kishilar kabi bo'lmaydi. Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto'g'ri harakat qiladilar. Dovdirab, o'zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo'rlarda ham ana o'sha holat bo'lar ekan (“Tafsir Hilol” kitobidan). Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Savdoda halollik - ulug‘ fazilat

20.11.2025   2032   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI