Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Fevral, 2026   |   13 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:42
Asr
15:57
Shom
17:43
Xufton
18:58
Bismillah
01 Fevral, 2026, 13 Sha`bon, 1447

Bir savol so'rasam: Insonlarni jin chalishi mumkin-mi?

17.10.2020   3061   1 min.
Bir savol so'rasam: Insonlarni jin chalishi mumkin-mi?

— Bolalikda bir tengdoshim og'zi qiyshayib, o'zi bemordek bo'lib qolganini ko'rgandim. Shunda kattalar: “Uni jin chalibdi”, deyishgandi. Domlalarga olib borishib o'qitishgandan so'ng, ahvoli yaxshilanib ketgandi. Haqiqatan ham jin chalish, degan tushuncha dinimizda bormi?

— Islomda jin chalish bor. Lekin bunga juda ham urg'u berib, haddan ortiq e'tibor berib yubormaslik kerak. Taqvoli va parhezkor olim inson Qur'on oyatlaridan ixlos ila o'qib dam solsa ketadi.

﴿الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لاَ يَقُومُونَ إِلاَّ كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ﴾

“Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo'lgan kishidek turarlar” (Baqara surasi, 275-oyat).

Ushbu oyati karimada jin chalishi haqida so'z yuritilib, qanday holatda bo'lishi bayon qilingan. Ya'ni ularning o'zlarini tutishlari sog'-salomat, aqlli kishilar kabi bo'lmaydi. Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto'g'ri harakat qiladilar. Dovdirab, o'zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo'rlarda ham ana o'sha holat bo'lar ekan (“Tafsir Hilol” kitobidan). Vallohu a'lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

30.01.2026   3423   2 min.
Professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida zabardast olim, filologiya fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlangan “Manbashunoslik maktabi: tarix va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi I respublika ilmiy konferensiyasi tashkil etiladi.

2026 yil 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan nufuzli tadbirda yurtimizning taniqli ulamolari, yetuk soha olimlari, mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiyada quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

  • Ubaydulla Uvatovning manbashunoslik sohasidagi ilmiy merosi va uning ahamiyati;
  • Manbashunoslik maktabining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va tarixiy tajribasi;
  • O‘zbekiston tarixini o‘rganishda yozma, moddiy va og‘zaki manbalarning o‘rni;
  • Manbashunoslik tadqiqotlarida zamonaviy metodologiya va innovatsion yondashuvlar;
  • Tarixiy manbalarni tahlil qilish, tanqidiy o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish masalalari;
  • Arxiv hujjatlari, qo‘lyozmalar va nodir manbalarni saqlash, raqamlashtirish hamda tadqiq etish muammolari;
  • Yosh tadqiqotchilarning manbashunoslik sohasidagi izlanishlari va ilmiy istiqbollari.

Konferensiya nafaqat ilmiy doira vakillari, balki keng jamoatchilik uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etiladi. Ishtirok etish uchun maqolalarni 2026 yil 17 fevralga qadar yuborishingiz so‘raladi.

Texnik talablar:

  • Tillar: O‘zbek, rus va ingliz tillarida.
  • Format: MS Word (Times New Roman, 14 pt, 1,5 interval).
  • Hoshiyalar: Yuqori va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm.
  • Rasmiylashtirish: Maqola mavzusi katta harflarda yoziladi. Muallifning ism-sharifi, ilmiy darajasi, ish joyi va aloqa ma’lumotlari (Telegram/WhatsApp va el-pochta) ko‘rsatilishi shart.

Bog‘lanish uchun:

Tel/Telegram: +998 99 272 82 51

Elektron pochta: termiziycenteruz@gmail.com

Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Matbuot xizmati

Yangiliklar