Bugun, 13 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Toshkent shahrida qayta qurilayotgan jome masjidlarga tashrif qilmoqdalar.
Tashrif davomida Muftiy hazratlari bunyodkorlik ishlarini yaqindan ko'rib, masjidlarda mo'min-musulmon xalqimizga har tomonlama qulay va shinam sharoit qilish borasida muhim tavsiyalarni bermoqdalar hamda qurilish ishlariga moddiy va ma'naviy yordam berayotgan barchaning, xususan, quruvchi-muhandis va ishchi-xizmatchilar haqiga duoi-xayrlar qilmoqdalar.
Jumladan, Shayxontohur tumanidagi “Imom Hasan” jome masjidi yangi binosi poydevoriga tamal toshi quyish marosimi bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Shayx Ziyovuddinxon” jome masjidini qaytadan qurish rejasi muhokama qilindi.
Tafsilotlarni saytimizda kuzatib boring.








O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyini yuqori saviyada kutib olish va mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida hududlardagi ibodat maskanlari mavsumga shay holatga keltirilmoqda.
Amalga oshirilgan asosiy ishlar:
Masjid binolari va atrofi obodonlashtirilib, sanitariya holati yaxshilandi;
Tahoratxonalar, isitish va yoritish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;
Taroveh namozlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov Koson tumanidagi masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida namozxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi. Maqsad — muqaddas oyni yuksak ruhiy kayfiyatda, tinchlik va osoyishtalikda o‘tkazishdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Axborot xizmati