Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2026   |   12 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:36
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:42
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2026, 12 Sha`bon, 1447

Islom taraqqiyot bankining yillik yig'ilishi O'zbekistonda o'tkaziladi

26.09.2020   1670   2 min.
Islom taraqqiyot bankining yillik yig'ilishi O'zbekistonda o'tkaziladi

Shu yil 22 sentyabr' kuni O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov videokonferentsiya shaklida Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti B.Hadjar bilan muzokara o'tkazdi.

Samimiy muloqot chog'ida tomonlar pandemiya vaqtida aholini samarali muhofaza qilish, kasallangan kishilarni o'z vaqtida davolash maqsadida O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash va global pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

ITB Prezidenti O'zbekistonda pandemiyaga qarshi kurash va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash bo'yicha amalga oshirilayotgan samarali strategiyaning xalqaro miqyosda tan olinishini alohida ta'kidladi.

O'z navbatida B.Hadjar ITB ixtisoslashgan klinikalar uchun tibbiyot uskuna va materiallar xaridini moliyalashtirish uchun strategik tayyorgarlik va javob choralari paketi (umumiy miqdori 2,3 milliard AQSh dollar) imkoniyatidan foydalangan holda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va aholiga zarur yordam ko'rsatishda O'zbekistonni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Jumladan, mamlakatda o'pkani sun'iy shamollatish apparatlari ishlashi uchun markazlashtirilgan kislorod ta'minoti tizimini sotib olish uchun Paket mablag'lari bir qismini qayta yo'naltirish masalasi ko'rib chiqildi.

Shuningdek, muzokaralar davomida 2021 yilda ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46- yillik yig'ilishini O'zbekistonda tashkil etish va o'tkazish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbir xorijiy ishbilarmon doiralar va xalqaro hamjamiyat e'tiborini O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va mamlakatning yaxshilanayotgan investitsiyaviy muhitiga qaratish va ITB Guruhi bilan ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.

Muloqotlar yakunida barcha muhokama etilgan yo'nalishlar bo'yicha birgalikda ish olib borishni faollashtirish va ITB Boshqaruvchilar Kengashining yillik yig'ilishini O'zbekistonda o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish doirasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risida kelishuvga erishildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Halollikning qudrati

30.01.2026   5592   2 min.
Halollikning qudrati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bir safar aeroportdan mehmonxonaga taksi oldim. Mashina toza, haydovchi xushmuomala edi. O‘zini Ahmad deb tanishtirib, qo‘limga kartochka berdi: “Vaqtingiz xayrli o‘tsin. Mening vazifam – sizni manzilingizga eng tez, eng xavfsiz, eng kam xarajat va eng muhimi – halol xizmat ila yetkazish”.

Yo‘lda menga yana turli qulayliklarni taklif etdi.

— Hamma mijozlar bilan shunday iltifotlimisiz? – degan savolimga biroz tin olib dedi:

— Rostini aytsam, bu tarzda ishlashni ikki yil oldin boshlaganman. Undan oldin ko‘pchilik haydovchilar qatori edim. Vaqti-vaqti bilan haqni oshirib yuborish, mijozga yolg‘on gapirish, nolish va shikoyat qilish oddiy hol edi. Mashina ham, qalb ham toza emas edi.

— Keyin nima bo‘ldi?

Bir kuni mashinam radiosidan “tanlash kuchi” haqida eshitib qoldim. Hayotimdagi ko‘p narsa tanlovimga bog‘liq ekan. Ishimni yuzaki, nolib emas, vijdon bilan, halol bajarsam, mijozlarim ko‘p, ko‘nglim xotirjam bo‘ladi. Oson yo‘lni tanlasam — pul bo‘lishi mumkin, lekin baraka bo‘lmaydi. Shunda o‘zimga so‘z berdim: endi ishimni halol qilaman. Yo‘lni aylantirib haqni oshirmayman. Vaqtni o‘g‘irlamayman. Mijozga u istaganday xizmat qilaman.

Natijasini Alloh ko‘rsatdi. Birinchi yilning o‘zida daromadim ikki barobar ortdi. Bu yil esa to‘rt barobarga yetdi. Eng muhimi, qalbim xotirjam. Endi mijozlar o‘zlari menga qo‘ng‘iroq qilib, oldindan band qilishadi. Chunki odamlar halol xizmatni zumda anglaydi va qadrlaydi.

Bu so‘zlar meni o‘yga toldirdi. Shunda angladim: halollik — katta shior emas, kundalik eng oddiy odat va qo‘yiladigan eng to‘g‘ri qadam ekan. Aynan shu fazilat insonga baraka va xotirjamlik olib kelar ekan.

Abdulhay XUSHVAQTOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

 

Maqolalar