Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2025   |   4 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:23
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:01
Xufton
18:18
Bismillah
25 Noyabr, 2025, 4 Jumadul soni, 1447

Bir savol so'rasam: 4. Vafot etgan onamning kiyimlarini olib qo'ysam bo'ladi-mi?

12.09.2020   2589   2 min.
Bir savol so'rasam: 4. Vafot etgan onamning kiyimlarini olib qo'ysam bo'ladi-mi?

— Yaqinda onamiz bandalikni bajo keltirdilar. Ta'ziya kunlari onamizning kiyim-kechaklari qarindosh va qo'shni ayollarga tarqatildi. Bir juft kiyimlarini esdalik uchun qoldirgandik. Eshitishimizcha, bunday qilish to'g'ri emas ekan. Shu haqida biror maslahat bersangizlar, iltimos.

— Dinimizda meros deb atalgan ulkan hukmlar to'plami mavjud bo'lib, uning bayonini Alloh taolo Qur'oni karimda alohida zikr qilgan va taqsimotni O'zi belgilagan. Meros oyatining nozil bo'lishiga ushbu voqea sabab bo'lgan edi. Sa'd ibn Robe'ning xotini Sa'ddan bo'lgan ikki qizini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keltirib:

“Ey Allohning Rasuli, manavi ikkovi Sa'd ibn Robe'ning qizlari, otalari siz bilan Uhudda (ishtirok etib) shahid bo'ldi. Endi bo'lsa amakilari ularning mollarini olib qo'ydi. Ularga hech qanday mol qoldirmadi. Ikkovlarining moli bo'lmasa, birov nikohiga ham olmaydi”, dedi.

“Bu haqda Alloh O'zi hukm chiqaradi”, dedilar u zot. Shunda: “Alloh sizlarga farzandlaringiz haqida vasiyat etib...” oyati – meros oyati nozil bo'ldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning amakisiga odam yuborib: “Sa'dning ikki qiziga uchdan ikkisini, ularning onasiga sakkizdan birini ber, qolgani esa senga bo'ladi”, dedilar.

Aynan ushbu voqea meros oyatlarining nozil bo'lishiga sabab bo'lgan edi.

Vafot qilgan kishining qoldirgan narsalari merosxo'rlarning haqqi hisoblanadi, uni nohaq yo'l bilan olish yoki taqsimlash mutlaqo joiz emas. Magar o'sha meros egalari bo'lgan kishilar o'zaro rozi bo'lishsa, olish joizdir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Hech biringiz birodaringizning narsasini hazillashib ham, jiddiy ma'noda ham olmangiz. Sizlardan biringiz hatto o'z birodarining tayog'ini olgan bo'lsa ham, qaytarib bersin”. Vallohu a'lam.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Chumoli chaqishining foydalari

25.11.2025   800   2 min.
Chumoli chaqishining foydalari

Chumoli eng mehnatkash jonzotlardan biri. Islomda chumoliga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, Qur’onda ham zikr qilingan. Hatto bir suraning nomi “An-Naml” -  “Chumolilar” deb ataladi.

Hadislarda ham chumolining o‘ziga xos maqomi ta’kidlangan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam to‘rt xil jonzotni o‘ldirishni man qilganlar: chumoli, asalari, hudhud va surrodni (to‘rg‘ayga o‘xshash qush). (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Ko‘pchilik odatda chumoli chaqsa, darhol bosib o‘ldiradi. Aslida bu noto‘g‘ri. Chumolini o‘ldirmaslik kerak, chunki u ham tirik mavjudot va uni nobud qilish bekorga man qilinmagan. Qolaversa, chumoli chaqishi inson organizmi uchun bir qator foydalarga ega ekani ham aytiladi.

Chumoli chaqishining ba’zi foydalari:

  • Qon aylanishini rag‘batlantiradi. Chaqish natijasida qon aylanishi yaxshilanadi, qizil qon hujayralari ko‘payib, organizmda faollik ortadi;

  • Miya nerv hujayralarini uyg‘otadi. Chumoli chaqqanida yuz bergan sensor signallar miyaga yetib borib, ayrim neyronlarni jadalroq ishlashga undaydi.

  • Terini chidamli qiladi. Olimlarning fikricha, bir joyni bir nechta chumoli bir vaqtda chaqsa, o‘sha joydagi terining harorat va bakteriyalarga nisbatan chidamliligi mustahkamlanadi;

  • Qon ivishini faollashtiradi. Chaqish ayrim hollarda qonning tezroq ivishiga yordam beradi;

  • Toksinlarga chidamlilikni oshiradi. Chaqish natijasida hosil bo‘lgan qon qatlami tomirlarni zaharli moddalarga nisbatan chidamli qiladi, bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytiradi;

  • Semirishga qarshi ta’sir. Urg‘ochi chumoli chaqish paytida chiqaradigan maxsus ionli shilliq miqdori chaqilgan joydagi yog‘ to‘qimalarini yo‘q qilishga yordam beradi. Masalan, chumoli qo‘lni chaqsa, ushbu modda qo‘l bo‘ylab tarqalib, yog‘larning katta qismini eritishda yordam beradi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir chumoli payg‘ambarlardan birini tishlab oldi. Shunda chumolilar inlarini yondirishga buyurdi. Alloh taolo unga vahiy qildi: “Seni bir chumoli tishlasa, tasbeh aytadigan ummatni halok qilasanmi?”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati).

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar