Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Dekabr, 2025   |   13 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:32
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
04 Dekabr, 2025, 13 Jumadul soni, 1447

Hushxabar: xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo'lsin!

11.09.2020   2803   2 min.
Hushxabar: xalqimizga yana bir yangi masjid muborak bo'lsin!

Shu yil 11 Sentyabr kuni Namangan viloyati Adliya boshqarmasi “Usmon Zunnurayn” jome masjidini rasmiy ro'yxatdan o'tkazib, bu haqdagi guvohnomani masjid xodimlariga topshirdi. Ushbu masjid viloyatdagi Namangan shahridagi “Kelajak tongi” MFY, Bodomzor ko'chasi, 20-uyda joylashgan.

Ma'lumot uchun, “Usmon Zunnurayn” masjidining ochilishi bilan Namangandagi masjidlar soni 188 taga, Respublikamizdagi masjidlar soni esa 2074 taga etdi.

Alloh taolo ushbu masjidni yurtdoshlarimizga muborak qilsin. Ana shunday xayrli ishlarning barokatidan bashariyat boshiga kelgan vaboni butun dunyodan, xususan, yurtimizda ko'tarsin, bemorlarimizga komil shifo bersin, barchamizni panohida saqlasin. Yurtimizda masjidlar ochilishiga sababchi bo'latgan insonlardan Haq taolo rozi bo'lsin, bunday xayrli ishlarni bardavom aylasin!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligining Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

03.12.2025   3289   1 min.
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi

Bugun, chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda rais o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning murojaatlari, fikr va mulohazalarini tingladi.

Qabul davomida shar’iy hukmlar, oilaviy masalalar, moddiy yordam so‘rovlari kabi mavzular tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan masjidlarni obodonlashtirish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan bildirilgan takliflar ham qayd etildi.

Vakolat doirasidagi masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi va fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi