Qozog‘iston masjidlarida juma namozidan tashqari jamoa namozlariga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bomdod namoz, peshin namozi, asr namozi, shom namozi, xufton namozi: ularga qattiq sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda birgalikda o‘qishga ruxsat beriladi", - deb aytdi Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi vakili Sputnik agentligiga.
Jamoaviy juma namozlari hozricha bajarilmaydi.
"Masjidlarni umumiy maydonning 30% gacha tashrif buyuruvchilar bilan to‘ldirishga ruxsat beriladi", - deyiladi xabarda.
Masjidlar 18-maydan boshlab o‘z eshiklarini ochdi, karantinni yumshatishning birinchi bosqichida faqat yakka tartibda namoz o‘qish, Qur’on o‘qish va nikoh marosimlariga ruxsat berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 28 yanvar kuni Hidoya o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar ishtirokida ma’rifiy-ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev hamda talabalar qatnashdilar.
Uchrashuvda yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlash, vaqtdan unumli foydalanish va ulug‘ ulamolar hayotidan ibratli misollar orqali sabr, ixlos va doimiy izlanishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonida mas’uliyatli bo‘lish va ilmni jamiyat manfaati yo‘lida o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida faol va intizomli 6 nafar talabaning har biriga 5 million so‘mdan, shuningdek, 2 nafar talabaning har biriga 7,5 million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Shu bilan birga, ta’lim muassasasi rivoji uchun 30 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati