Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Yanvar, 2026   |   6 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:41
Peshin
12:40
Asr
15:49
Shom
17:34
Xufton
18:50
Bismillah
25 Yanvar, 2026, 6 Sha`bon, 1447

Mo''tadillik

30.01.2024   3759   4 min.
Mo''tadillik

“Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli (mo''tadil) bo'lsin” (Kahf surasi, 19-oyat).

“Mo''tadil bo'lsin” so'zining Qur'onning qoq o'rtasida kelishi juda ajoyib holat. Mo''tadillik bu vasatiylik, o'rtabinlikning bir turidir. Bu so'z Qur'onning eng o'rtasida kelgan. Bu esa ayni vaqtda Rabboniy yo'l bo'lmish – vasatiylikning ahamiyatini belgilab beradi.

Dushmanlar bilan mo''tadil muomalada bo'lish talab qilinar ekan, mo'minlar haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi.

Masjidga kelgan bir yigitning telefoni namoz ichida bexosdan jiringlab qolibdi, keyin namozxonlar: “Allohning uyida Unga osiylik qilyapsanmi?! Alloh seni erga yuttirishidan qo'rqmaysanmi?!” deya o'kira ketishibdi.

Haligi yigit masjiddan shu chiqqani bo'yicha qaytib qadam ham bosmabdi.

O'sha kuni bir qahvaxonaga boribdi va bir shisha idishning qopqog'ini bilmasdan erga tushirib sindirib qo'yibdi. Shunda qahvaxona egasi unga qarab: “Hijolat bo'lmang, janob! Mingta qopqoq sizdan aylansin”, debdi.

Shu kundan boshlab u qahvaxonaning doimiy mijoziga aylanibdi!

“Hushxabar beringlar, nafratlantirmanglar”. Bu Habibimiz sollallohu alayhi vasallamning nasihatlaridir.

Agar ota-onalar, er-xotinlar atroflaridagi yaqinlariga xushmuomalada bo'lsalar, ko'p muammolar o'z-o'zidan echim topadi va ko'pchilik xonadonlarni tinchlik, hamjihatlik qamrab oladi!

Odamlar o'rtasidagi aloqalar xuddi qushlarga o'xshaydi, mahkam ushlab olasangiz, o'lib qoladi, engil ushlasangiz uchib ketadi!

E'tibor bilan ushlashingiz kerak, shunda siz bilan qoladi, hech qayerga uchib ketolmaydi, o'lib ham qolmaydi.

Yumshoq so'zchalik, yoqimli tabassumchalik, samimiylik va xolislik kabi hech narsa qalblarni mahv etolmaydi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu tunda yoqilgan gulxanni ko'rganida: “Ey yorug'lik ahli” deb nido qilgan ekanlar. “Hoy olov ahli” deyishni ma'qul ko'rmaganlar.

Bularning hamma-hammasi Alloh taoloning quyidagi oyatiga asoslanadi: “Bandalarimga aytgin, ular eng go'zal bo'lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir”(Isro surasi, 53-oyat).

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimki yumshoqfe'llik bilan nasibalangan bo'lsa, yaxshilik bilan nasibalangan bo'ladi. Kim bundan mahrum bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'ladi”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi

22.01.2026   9569   1 min.
Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi

Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida taniqli ulamo, ko‘p yillar davomida diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilgan Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirning muhim jihatlari:
 

– Anjumanda allomaning farzandi, ko‘p yillar diniy sohada samarali mehnat qilgan Muhammad Akmalxon domla Shokirov ishtirok etdi.

– Ta’lim muassasasi mudiri O‘tkir G‘uzarov Shayx hazratlarining ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida qayd etdi.

– Muhammad Akmalxon domla otalarining hayot yo‘li, ilmga bo‘lgan ixlosi va jamiyat manfaati yo‘lidagi ibratli faoliyati haqida so‘zlab berdi.

 

Tadbir davomida talabalarga:

– Ilm olishning yuksak maqomi;

– Odob-axloq me’yorlariga rioya qilish;


– Ilm sohibiga xos mas’uliyatni his etish borasida qimmatli nasihatlar berildi.

Tadbir yakunida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlar haqiga duolar qilindi.

Ezgu niyatlar bilan yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi so‘raldi.

Xojabuxoriy.uz

Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi
O'zbekiston yangiliklari