Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2025   |   20 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2025, 20 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahar bosh imomi Xalqaro forumda nutq so‘zladi

14.12.2019   2195   4 min.
Toshkent shahar bosh imomi Xalqaro forumda nutq so‘zladi

Joriy yil 11 dekabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida «Postsekulyar dunyo sharoitida dinlararo muloqot - o‘zaro hamkorlik maydonlarini kashf etish» mavzusida 15-xalqaro musulmonlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya musulmonlari diniy idorasi, Berlin islom federatsiyasi, Germaniya musulmonlari markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan diniy idoralar va tashkilotlar rahbarlari, soha olimlari, shuningdek, Germaniyadagi diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, milliy-madaniy markazlar hamda ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.

Anjuman kun tartibida bugungi insoniyat sivilizatsiyasi va geosiyosiy jarayonlarda, globallashuv sharoitida dinlararo va madaniyatlar muloqotni rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilish va asrash, turli xalqlarning madaniyat va an’analariga ehtirom bilan qarash, millatlararo va irqlararo ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda bu borada o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish, din niqobi ostidagi har qanday tajovuzlarga murosasiz bo‘lish, diniy erkinlik va e’tiqodni ulug‘lash kabi masalalar muhokama etildi.

Mazkur tadbirda «O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik» mavzusidagi ma’ruza bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov qatnashdi.

Ma’ruzada xalqlarni Islom dini haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlar bilan ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom tushuncha bilan tarbiyalashdek mas’uliyat yuklatilgani qayd etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mustahkam qonuniy asoslarga ega ekanligi, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani ta’kidlandi.

Ko‘p millatli mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada, ayniqsa turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida ahillik, hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik va osoyishtalikni saqlash yo‘lida O‘zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat va islohotlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari tinchlik va totuvlikda, bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro hamjihatlikda bir-birlarining e’tiqodlarini hurmat va ehtirom qilib yashayotganliklari e’tirof etildi.

Anjuman so‘nggida uning ishtirokchilari tomonidan 15-xalqaro musulmonlar forumining Berlin rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Ushbu forum doirasida ayrim ishtirokchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylar kengashi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin janoblari Buxorodagi «Mir Arab» madrasasida ta’lim olganini, O‘zbekiston uning uchun juda qadrli va barcha iliq xotiralar bilan yodida qolganini ta’kidladi. Shu darajaga yetishishida, o‘zbekistonlik ustozlarning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi. Barcha O‘zbekiston musulmonlariga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik va Yaratgan Parvardigorning ziynatini tiladi.

Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbosh O‘zbekistonga 2017 va 2018 yillari ikki marotaba tashrif buyurgani, birinchi tashrifida O‘zbekiston Prezidenti bilan uchashganini, 2018 yilda esa Turkiya Prezidenti delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonda bo‘lganini aytdi.

Germaniya musulmonlari markaziy kengashi raisi Ayman Mazek ushbu forumda turli davlatlarning musulmonlari diniy idoralari rahbarlari, xodimlari, olimlar bilan bir qatorda boshqa diniy konfessiya vakillarining ham ishtirok etayotganini ta’kidladi. Bugungi kunda dunyoda tinchlik va millatlararo totuvliknini saqlash, Yevropada keng avj olib borayotgan islomofobiyaga qarshi kurashish, Islom dinini dunyo hamjamiyatiga tanitish masalalari muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston vakilining mazkur forumda mazmunli ma’ruza bilan ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatish va muntazam fikr almashinuvini yo‘lga qo‘yish ular uchun ham juda ham foydali bo‘lishini bildirdi.

Buyuk Britaniya musulmonlar Kengashi sobiq raisi, Dunyo islom iqtisodiyoti forumi boshqaruv kengashi a’zosi Sir Iqbal Sakrani O‘zbekiston vakillari bilan Moskva va Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ham uchrashganini aytib, bugungi forumda respublikamizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik borasida ibratli ishlar amalga oshirilayotgani haqidagi ma’ruzani katta qiziqish bilan tinglaganini bildirdi. O‘zbekiston boy tarixga ega bo‘lishi bilan birga Islom dinining buyuk allomalari yetishib chiqqan o‘lka ekanini qayd etib, kelgusida respublikamizda bo‘ladigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish istagini ma’lum qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi

10.11.2025   4718   1 min.
Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi

Kecha, 9 noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi o‘rtasida “Haj – 2026” mavsumini namunali tashkil etish yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Muzaffar Komilov, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, attashe Shuhrat Amoniy hamda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Saudiya elchisi Yusuf al-Utaybiy kelgusi haj mavsumini yuqori darajada tashkil etishni muhokama qilishdi. 

Uchrashuv avvalida muhtaram Prezidentimiz hamda Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar salmoqli natija berayotgani, delegatsiyalar almashinuvi ko‘paygani va hojilarga eng yuqori darajadagi xizmatlar ko‘rsatilayotgani alohida qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida yangi mavsumda hojilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar to‘g‘risida fikr-mulohaza almashildi. Jumladan, tibbiy talablarga qat’iy rioya etish, hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, shartnoma bandlarini bajarish va haj mavsumida nizom talablariga amal qilishga urg‘u qaratildi.

Haj vaziri davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot, bunyodkorlik ishlari, haj va umra yo‘nalishidagi yangilanishlar va ziyoratchilarimiz tartib-intizomini yuqori baholadi. Shuningdek, u O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi va Samarqandagi Imom Buxoriy majmuasining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok etish niyatini bildirdi.  

Uchrashuvda ziyorat turizmini rivojlantirish, o‘lkamizning qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtirish, ilm-fan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qilish kabilarga ham to‘xtalindi.

Muloqot yakunida tomonlar qator masalalar bo‘yicha kelishuvga erishish barobarida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi Haj vaziri bilan yangi tartib va qulayliklar muhokama qilindi