Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Muftiy hazratlari Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdilar

12.12.2019   1991   1 min.
Muftiy hazratlari Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdilar

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari boshlangan edi. Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” majlislar katta zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati,  bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof Islom ta’limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur’oni karim kitobi tarqatildi.

 

Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   4071   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari