Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari boshlangan edi. Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” majlislar katta zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati, bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof Islom ta’limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur’oni karim kitobi tarqatildi.
Samarqand viloyati safari davom etmoqda.
Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi