14- حديث أَبي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الإِيمانُ بِضْعٌ وَسِتُّونَ شُعْبَةً وَالْحَياءُ شُعْبَةٌ مِنَ الإِيمانِ
14- Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis: Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi va sallam aytdilar: “Iymon oltmish necha sho‘ba – bo‘lakdir. Hayo iymonning bir bo‘lagidir”.
15- حديث عِمَرانَ بْنِ حُصَيْنٍ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْحَياءُ لا يَأتي إِلاّ بِخَيْرٍ
15- Imron ibn Husayn roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadis: Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi va sallam aytdilar: “Hayo faqat yaxshilikni keltirur”.
Arabchadan Ziyouddin MANSUR tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Agar biror kishi “Hazrat, Alloh taoloning bandalariga muhabbatining biror dalili bormi?” deb so‘rasa, ya’ni Alloh taolo bandalariga mehribondir, karamlidir, lekin muhabbatli ekanligiga biror dalil bormi? Bunga ulamolar ko‘plab dalillarni keltirganlar. Misol uchun, barcha birdek tushunadigan oddiy misol: “Agar bandada muhabbat bo‘lsa, u o‘z mahbubiga qancha ko‘p yaxshilik qilsa ham uni oz deb biladi. Qachonki mahbubidan biror arzimas va oz tuhfa olsa ham uni qadrli va juda ko‘p deb biladi. Bunday holat Alloh taolo va banda orasida ham uchrashi Qur’oni karimda bayon etilgan. Alloh taolo bandalariga dunyoda minglab, balki undan-da ziyoda ne’matlar bilan siylagan bo‘lsa ham, lekin Qur’oni karimda bunday deyiladi:
﴿قُلْ مَتَاعُ الدُّنْيَا قَلِيلٌ﴾
«Sen: “Dunyoning matohi oz” deb ayt» (Niso surasi, 77-oyat).
Mahbub tarafidan bo‘lgani uchun bandalar qisqa umrlarida o‘z hojatlaridan ortib, Alloh taoloni yod qilsalar, ibodatni to‘kis ado etsalar, murodlariga erishadilar. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا اللَّهَ ذِكْرًا كَثِيرًا﴾
«Ey, imon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar» (Ahzob surasi, 41-oyat).
Subhanalloh! Mahbubidan bo‘lgan amalni ko‘p deb, o‘zi bergan ne’matlarini oz deb marhamat qilyapti. Bu Alloh taoloning o‘z bandalariga bo‘lgan muhabbatining dalilidir.
Yana Qur’oni majidda Alloh taolo o‘z muhabbatini izhor qilib marhamat qiladi:
﴿اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ ءَامَنُو﴾
«Alloh imon keltirganlarning do‘stidir» (Baqara surasi, 257-oyat).
Subhanalloh! Qanday baxt va saodat, Alloh taoloning marhamatiki, bir so‘z bilan Buyuk Robbimizga imon keltirganlarga O‘zining muhabbatini e’lon qilyapti.
"Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi