Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Muhtazarga nisbatan qilinadigan odoblar

12.11.2019   1886   4 min.
Muhtazarga nisbatan qilinadigan odoblar

Xalqimiz orasida mayyitlarni oxirgi yo‘lga kuzatish o‘ta muhim masala bo‘lib, ko‘pchilik bilishi lozim bo‘lgan narsalardir. Muhtazar (o‘limi yaqinlashgan inson)ga nisbatan qilinadigan odoblar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lmaganliklari sababli ham hozirgi vaqtda ko‘pchilik orasida bu narsa turli bid’at-xurofotlarni keltirib chiqarmoqda.

Komil  mo‘min  o‘limni oxirat hayotining dastlabki bosqichi, undan keyin abadiy hayot boshlanishini bilganligi sababli, boqiy dunyo hayotini o‘zining solih amallari bilan go‘zallashtirishga harakat qiladi va bunday insonlar o‘limga hamma vaqt hozir bo‘ladi.

O‘limni eslamaslik kibr, manmanlik, g‘aflat, kayf-safo, loqaydlik kabi qator illatlarga olib keladi. Hamma yo‘llar insonni yagona bir manzilga eltadi. Mo‘min kishi, albatta, qilgan ezgu amallari, toat-ibodatlari, Allohning rozi-rizoligi yo‘lida yelib-yugurganligi evaziga ulug‘ mukofotlar berilishidan umid etadi. Zero, Haq taolo o‘limning haqligiga ishora qilib aytadi: “Har bir jon o‘lim (achchig‘i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida,   albatta, mukofotlaringiz sizlarga to‘la-to‘kis berilur. Bas, (o‘sha kuni) kim do‘zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa ega bo‘libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g‘urur (aldov) matohidir” (Oli Imron surasi, 185-oyat).

Musulmon kishi uchun o‘lim bu yo‘qlik emas. O‘lim bu – bekatda bir muddat qolib ketgan yo‘lovchining ko‘zlagan manziliga yetib olishi. Musofirning esa Vataniga qaytishidir. Bunda safar yuzasidan hisobot, hisobotga qarab martaba beriladi...

Mana shu martabaga yetishishda esa hayotlik vaqtimizdagi ezgu amallarimiz,  o‘lim oldi va oxirat manziliga borishda o‘zimiz va yaqinlarimizni chiroyli tarzda  tayyorlash  muhimdir.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni “Ko‘zi ojizlar” madaniyat saroyida ko‘zi ojizlar uchun, 3, 10 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida “Karlar jamiyati” a’zolari uchun “Muhtazarga nisbatan qilinadiganodoblar” mavzusida diniy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Toshkent shahar “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor Sattorov bemor oldidagi odoblar, o‘limi yaqinlashgan insonlarga qilinadigan amallar, mayyitni yuvish va kafanlash, janoza, mayyitni dafn qilish haqida ma’ruza qildi.

Alloh taolo Ankabut surasining 57-oyatida: «Har bir jon o‘lim (achchig‘i)ni totuvchidir. So‘ngra (qiyomat kuni) Bizga qaytarilursiz», deb marhamat qilgan.

O‘lim haq, har qanday tirik jon bir kunmas-bir kun o‘lim bilan yuzma-yuz keladi. Inson shu muqarrar voqelikka munosib tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Hech kim qachon, qayerda, qanday o‘lishini bilmaydi. Alloh taolo bu haqida xabar berib bunday deydi:

“Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo‘lishi to‘g‘risida) bilim bordir. U (xohlaganicha) yomg‘ir yog‘dirur va bachadonlardagi narsa(homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o‘lishini ham bilmas. Albatta, Alloh(hammanarsani)biluvchi va xabardor Zotdir” (Luqmon surasi, 34-oyat).

Ma’ruza davomida imom mayyitni yuvish uchun suv topilmaganda tayammum qildirish mumkinligini tushuntirib o‘tdi. Mayyitni yuvish va kafanlash ishlari amaliy ko‘rsatib berildi.

Imkoniyati cheklangan fuqarolar quyidagi savollarni berishdi:

  • Mayyitni aslida kim yuvishi kerak?
  • Mayyitning og‘zidagi tilla tishlarni olish mumkinmi?
  • Mayyit yuvilgan suv nima qilinadi?
  • Vafot etgan ayollarning tirnoqlari o‘sgan va lak surilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
  • Inson bemorligi tufayli biror a’zosi kesilsa, o‘sha a’zoni u vafot etganda birga ko‘mish uchun ishqorga solib olib qo‘yish kerakmi?
  • Mayyitning burni yuvilgandan keyin ham qon yoki yiring kelib tursa, nima qilish kerak?
  • Mayyitning ustidagi kiyimlarni nima qilish kerak?
  • Mayyitni yuvganda tushgan tirnoq yoki soch tolalarni nima qilish kerak?

Savollarga imom tomonidan atroflicha javob berildi. Bu suhbat nogironligi bo‘lgan tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruza uchun imomga minnatdorlik izhor qilishdi.

 

 

Munira ABUBAKIROVA,

O‘MI mutaxassisi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Uchtepa tumanida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

8.01.2025   285   1 min.
Uchtepa tumanida

Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida Uchtepa tumanida
MAQOLA