Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Mo‘min odam rizqni ham, shifoni ham haloldan istashi farzdir!
*****
Yolg‘iz o‘zing bo‘lsang ham Haq yo‘lda bo‘l!
Botil yo‘lda boshqalarga sherik bo‘lma!
«Tarix muxrlagan so‘zlar»
*****
Ba’zi kimsalar shunday deb o‘ylaydi:
“Mashinamning buzilish sababi – ko‘z tekkan;
Ayolimning bemorlikdan boshi chiqmasligining sababi – ko‘z tekkan;
Bolam kasal bo‘lib qolishining sababi – ko‘z tekkan;
Savdoda ziyonga uchrashimning sababi – ko‘z tekkan”.
Ular ma’siyatlarni qilishadi. Birortalarining xayoliga esa “Bu musibatlarning sababi - gunohlardir” degan narsa kelmaydi.
“Ajoyib fikrlar”
*****
Bir kishi sherigidan so‘radi: “Nima uchun tong havosi toza, musaffo bo‘ladi?”
Sherigi dedi: “Chunki, u munofiqlarning nafaslaridan xolidir”.
“Ajoyib fikrlar”
*****
Kishi, agar uxlasa, uni ahli uyg‘otadimi yoki so‘roq qilish uchun ikki farishta uyg‘otadimi, bilmaydi.
*****
Kunlar o‘tgani sayin...
*****
Agar sen uxlayotganingda ham daromad kelib turadigan ishni yo‘lga qo‘yib olmagan bo‘lsang, o‘sha daromad uchun o‘lguningcha ishlashingga to‘g‘ri keladi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Insonning yarim go‘zalligi tilidadir. Shunday ekan, so‘zlaringizni chiroyli qilinglar!
Najib Mahfuz
*****
Shunday gaplar borki, hech narsa demaydi.
Shunday sukutlar borki, ko‘p narsa deydi.
Najib Mahfuz
*****
O‘zlariga taom bergan qo‘lni tishlaydigan kimsalar odatda ularni tepadigan poyabzalni yalaydilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Agar tunning qorong‘uligi bo‘lmaganda, tong otmagan bo‘lardi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov