Avgust oyida Chechenistonda Shalida yirik masjidning ochilishi va Xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 25 davlatdan hofizi Qur’onlar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Yo‘ldosh qori Nuriddinov himoya qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohibiga 100 ming AQSH dollari, ikkinchi o‘ringa 50 ming AQSH dollari, uchinchi o‘ringa esa 25 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pullari topshirildi
1-o‘rin: Liviya
Ishtirokchi – Abdurrahmon al-Bashir Solim
Rivoyat: imom Qolunning imom Nofe’dan rivoyati
Ball: 100
2-o‘rin: Yaman
Ishtirokchi – Abdulmajid Mujohid Aliy as-Samoviy
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
Ball: 99.97
3-o‘rin: Suriya
Ishtirokchi - Ahmad Muhammad Umar
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoti
Ball: 99.90
O‘zbekistonlik qori Nuriddinov Yo‘ldoshbek imom Hafsning imom Osimdan rivoyati asosida tilovat qilib, 100 baldan 98.37 ball to‘pladi. Bu esa uni 7-o‘rinni egallashiga zamin yaratdi. Bu haqda Toshkent islom instituti axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning oliy mezoni va xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanligining dalolatidir.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar holidan xabar olindi.
Ziyorat davomida Diniy idora tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yoshlarga ibrat bo‘lgan ustozlar uylariga borilib, ularga ehtirom bildirildi. Hadyalar ulashildi.
Shu bilan birga, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Abdurashid qori Bahromov, Usmonxon domla Alimov, Abdurazzoq hoji Yunusov, Anvar qori Tursunov kabi marhum ulug‘larimizning xonadonlariga borilib, oila ahllari holidan xabar olindi.
Shuningdek, bunday tadbirlar joylardagi vakilliklar tomonidan ham amalga oshirilib, hech kim e’tibordan chetda qolmadi. Bunday tadbirlar orqali Islom dinida o‘tganlar xotirasiga ehtirom, tiriklarni qadrlash, ustozlar o‘gitlaridan bahramand bo‘lish kabi xayrli an’analar bardavom bo‘ladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati