Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Turkiyalik mutaxassic: “Mard yiqilgani bilan baribir o‘rnidan turadi”

18.04.2019   2993   3 min.
Turkiyalik mutaxassic: “Mard yiqilgani bilan baribir o‘rnidan turadi”

O‘tgan kuni Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ehson Chag‘lar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur bilan muloqot o‘tkazdi. Unda Turkiya qo‘lyozma asarlar kengashi bosh boshqarmasi Kitob shifoxonasi va arxiv departamenti rahbari Nil Baydar xonim va Ko‘nyo shahar qo‘lyozma asarlar mintaqaviy boshqarmasi boshlig‘i Bekir Shahin janoblari ham ishtirok etdi.
Shayx Abdulaziz Mansur so‘nggi yillarda ulug‘ allomalarimizning ilmiy meroslarini asrab-avaylash va ularni har tomonlama chuqur o‘rganish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni bildirib, shunday dedi:
– O‘zbekiston zaminida Qur’oni karim, hadisi sharif va fiqh kabi nodir asarlarning qo‘lyozma nusxalari juda ham ko‘p. Mustabid tuzum davrida mana shunday asarlarning ko‘p qismi yo‘q qilingan, shunday bo‘lsada, Islom diniga muhabbatli xalqimiz og‘ir sharoitlarda ham dinimizning asosiy manbalarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Taraqqiyotimizning yangi davrida ma’naviy merosga bo‘lgan e’tibor butunlay o‘zgardi, noyob asarlarni asrab-avaylash va tadqiq etish uchun juda keng imkoniyatlar berildi. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining tashkil etilgani islohotlarning amaliy ifodasidir. Mana shunday ishlarni olib borishda turkiyalik mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish juda ham katta natijalarni beradi.
Bekir Shahin janoblari O‘zbekiston diyorida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, shunday dedi:
– O‘zbekiston zamini qadim-qadimdan ilm-fan o‘choqlaridan biri bo‘lgan. Bu diyordan yetishib chiqqan mutafakkirlarning Islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissalari dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan.
Ulug‘ insonlar aytganidek, mard yiqilgani bilan baribir o‘rnidan turadi. Bugun O‘zbekistonda tubdan yangilanishlar yuz bermoqda. Ilm-fan rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar berilmoqda. Biz ham bu yerdagi ilmiy meroslarni o‘rganishga qiziqamiz. Dunyoning turli mamlakatlaridagi meroslarni bilamiz, lekin ayrim sabablar bilan bir-birimizdagi ilmiy meroslardan ancha vaqt bexabar qoldik.
Turkiyada qo‘lyozma va toshbosma asarlarni saqlash, kitoblarni ta’mirlash, qo‘lyozma va toshbosma asarlardan elektron nusxa olish borasida katta tajriba orttirdi. Turkiyada 17 ta yirik kitob fondlari mavjud. Barcha asarlarning elektron nusxalari va kataloglari internet tarmog‘iga joylashtirilgan, o‘quvchilar ulardan cheklovlarsiz bemalol foydalanishlari mumkin.
Nil Baydar xonim Kitob shifoxonasida to‘plangan tajribalar asosida O‘zbekistondagi qo‘lyozma asarlarni ta’mirlash, asrab-avaylash va teri sahifa hamda muqovalarga ishlov berish mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek, bunday ishlarni muntazam amalga oshirish uchun kadrlarni tayyorlash ham katta ahamiyatga ega ekanini bildirdi.
Kotibiyat mudiri Muhammad Ayubxon Homidov birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, turkiyalik mutaxassislarning O‘zbekistonda ma’ruzalari o‘qishi, noyob qo‘lyozmalarni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik o‘zining juda katta natijalar berishini ta’kidladi.
Haqiqatan, noyob kitoblar va tarixiy ashyolarni qayta tiklash, tadqiq etish, qo‘lyozmalarning kitobat tarixi, yozuv uslubiga oid tadqiqotlarni amalga oshirish, shikast yetgan qo‘lyozmalarning sahifalari, o‘chib ketgan yozuvlarini qayta tiklash muhim ahamiyatga egadir.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

UZBEKISTAN2030.UZ: Strategiya muhokamasida ishtirok eting!

27.01.2026   8200   1 min.
UZBEKISTAN2030.UZ: Strategiya muhokamasida ishtirok eting!

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi. 

Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda. 

Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi. 

Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!

➡️uzbekistan2030.uz 
➡️regulation.gov.uz 

O'zbekiston yangiliklari