Kashf etish, targ‘ib qilish va o‘rganish anjumani, deya e’tirof etilgan birinchi xalqaro ziyorat turizmi doirasida “O‘zbekistonni ziyorat-turizmining markazlaridan biri sifatida e’tirof etish to‘g‘risida“gi Buxoro deklaratsiyasi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, bir qator Memorandumlar imzolandi. Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Milliy PR-markaz” hamda “Global Muslim Traveler Index” doirasida “MATTA” (Malaziya), “Crescent Rating” (Singapur) assotsiatsiyalari, Jakarta targ‘ibot fondi (Indoneziya) o‘rtasida tuzilgan Memorandum shular sirasidandir.
Bu esa kelgusida davlatlar o‘rtasida turizm xususan, ziyorat turizmini yuksalishga xizmat qiladi.
Aynan turizm rivojlangan maskanlarda madaniy meros obyektlarini saqlash, ta’mirlash, bunda esa uni asl holicha kelgusi avlodlarga yetkazishdagi ishlar muntazamlik kasb etadi. Kelgusida hududlardagi hozirga qadar o‘rganilmasdan qolgan muqaddas qadamjolarni izlab topish, ko‘lyozmalar fondidagi muhim ma’lumotlarni izlash, o‘qish turizm yuksalishi yo‘lidagi eng muhim maqsadlardan biri bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Musobaqada soha tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro qiziqarli va murosasiz bellashuvlar namoyish etdilar. Qiziqarli va keskin o‘tgan o‘yinlar yakunida g‘oliblar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, volleybol musobaqasida O‘zbekiston tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shaxmat turida O‘zbekiston tumani “Imom Ja’far” masjidi imom-noibi Payg‘amov Niyozbek birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qo‘shtepa tumani “Sulaymonbek hoji” masjidi imom-noibi Mirzarahimov Muhammadyunus esa stol tennisi musobaqasida g‘olib deb topildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati