Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Muoz (roziyallohu anhu)ni Yamanga yuborayotganlarida: “Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l. Zero, uning duosi bilan Allohning orasida parda-to‘sik yo‘kdir”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Saudiya Arabistonining Jidda shahrining chorrahalardan birida kichik yuk mashinasi bilan yengil avtomashina to‘qnashib ketdi. Yuk mashina haydovchisi sudanlik, yengil mashina egasi saudiyalik bo‘lib, to‘qnashuv natijasida ikkala mashinaga ham jiddiy darajada zarar yetmadi.
Saudiyalik jahl bilan mashinasidan tushib, to‘qnashuv uning xatosi natijasida bo‘lganiga qaramay, sudanlikni haqoratlab, oldiga bordi-da, yuziga tarsaki tortib yubordi. Zarbaning kuchidan sudanlik haydovchining ko‘zi chiqib ketishiga bir baxya qoldi. Lekin u “Alloh taolo senga kifoya qilsin. Ishimni unga topshirdim. Sening haqqingda xato qilgan bo‘lsam, Alloh taoloning O‘zi meni hisob-kitob qilsin. Agar menga zulm qilgan bo‘lsang, Alloh taolo sendan kechiktirmasdan, tezlik bilan o‘ch olsin”, deya oldi, xolos.
Sudanlik kishi voqeaning davomini hikoya qiladi: “U yerdan ketdim. Ichimda bir olov yonar, qayta-qayta “Hasbiyalloh, hasbiyalloh (Alloh taolo menga kifoya qiladi)” deb aytardim.
Bir necha kun o‘tgach mol bozoriga borib, mashinamni bir chetga qo‘ydim. Shu payt, yuzimga tarsaki tushirgan kishi oldimga yugurib kelib, “Meni taniyapsanmi?” dedi. Men yana o‘sha kungidek “U ishni huzurida haqlar zoye bo‘lmaydigan Zot (Alloh)ga topshirganman”, deb javob berdim.
Shu vaqt uning ko‘zlariga yosh keldi:
– “Qaniydi o‘shanda ustimdan arz qilganingda yoki meni urib qasosingni olganingda...
Sen ishingni topshirgan Zot o‘sha voqeaning ertasigayoq mendan qasos oldi. Avtohalokatga uchradim, ikki farzandim halok bo‘ldi...
O‘n besh kundan beri ko‘chalarni kezib, kechirim so‘rash, roziligingni olish uchun seni qidiraman. Musibatlarga sabr qildim, ularni zulmim uchun dunyoda berilgan jazo deb bildim. Lekin aniq ishonamanki, oxiratdagi hisob-kitobdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Sendan o‘tinib so‘rayman: “Mendan qasosingni ol, xohlagan ishingni qil, lekin meni kechir!”.
Uning og‘ir ahvolda, yig‘layotganini ko‘rib rahmim keldi. Unga:
– “Kechirimli kishi hurmatga sazovordir. Alloh taolo seni kechirsin, gunohlaringni mag‘firat qilsin”, dedim.
U ketdi. Oldimdan uzoqlashar ekan, qayta-qayta “Alloh taologa qasamki, bundan keyin hech kimga zulm qilmayman!” deb aytardi.
Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘ling. Odamlarga ozor berib, “Tabiatan shunday odamman”, deb o‘zingizni oqlamang. Jim turgan har qanday kishi javob qaytarishdan ojiz emas. Shunday kishilar bo‘ladiki, qalbi og‘riyotgani, agar gapirsa, bu og‘riq yanada kuchayib ketishi tufayli jim turadi. Shundaylar bo‘ladiki, gapirgan gapi foyda bermasligini bilgani uchun ham sukut saqlaydi. Yana shunday odamlar bo‘ladiki, boshqalarga zarar yetkazmaslik uchun g‘azabini yutadi.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Mazlumning duosidan saqlaninglar. Zero, u bulutga ko‘tariladi. Alloh: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, garchi ozginadan keyin bo‘lsa-da senga, albatta, yordam beraman”, deydi» (Imom Tabroniy rivoyati).
Bilmaganlarga bildirganlar va unutganlarga eslatganlarga O‘zi yordamchi, himoyachi va ko‘makchi bo‘lsin! Alloh taolo barchamizni mazkur voqeadan ibrat oladigan va yomon amallardan saqlanadiganlardan qilsin.
Bahodir MUHAMMAD,
“Kulol-qo‘rg‘on” jome masjidi imom noibi
Predstavitel Upravleniya musulman Uzbekistana Ibroximjon domla Inomov prinyal uchastiye v XVI Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii "Ideali i sennosti Islama: Odna Umma – obshaya sudba", sostoyavsheysya v Ufe po priglasheniyu Sentralnogo Duxovnogo upravleniya musulman Rossii.
V konferensii, organizovannoy Sentralnim duxovnim upravleniyem musulman Rossii, Fondom podderjki islamskoy kulturi, nauki i obrazovaniya v Moskve i Sovetom po gosudarstvenno-religioznim otnosheniyam pri Glave Respubliki Bashkortostan, prinyali uchastiye boleye 600 gostey.
Pribili predstaviteli Baxreyna, Yegipta, Iordanii, Tunisa, Tursii, Iraka, Irana, Indii, Germanii, Soyedinennix Shtatov Ameriki, Kanadi, Korolevstva Saudovskaya Araviya, Marokko, Palestini, Mongolii, Kirgizstana, Kazaxstana, Tadjikistana, Azerbaydjana, Belarusi, Respubliki Uzbekistan i ryada mejdunarodnix organizatsiy.
Takje prinyali uchastiye predstaviteli organov gosudarstvennoy vlasti, nauchnoy i ekspertnoy obshestvennosti, obrazovatelnix uchrejdeniy, prepodavateli i studenti vuzov, religioznie i obshestvennie deyateli iz subyektov Rossiyskoy Federatsii, religioznie lideri traditsionnix konfessiy, a takje predstaviteli Federatsii universitetov islamskogo mira i Islamskoy organizatsii po obrazovaniyu, nauke i kulture (ICESCO).
Selyu konferensii, provedennoy na Gosudarstvennoy Assambleye - Kurultaye Respubliki Bashkortostan, yavlyayetsya virabotka predlojeniy i initsiativ, napravlennix na ukrepleniye duxovno-nravstvennix sennostey, razvitiye mejkonfessionalnogo i mejnatsionalnogo mira i soglasiya, povisheniye sozidatelnogo potensiala musulmanskoy ummi v Rossii i na yevraziyskom prostranstve.
V ramkax mejdunarodnoy konferensii predsedatel Sentralnogo religioznogo upravleniya musulman Rossii, muftiy Talgat Safa Tadjuddin vstretilsya s predstavitelem Upravleniya musulman Uzbekistana Ibroximjonom domla Inomovim.
Muftiy sam nachal besedu, viraziv blagodarnost za vizit i neodnokratno podcherknuv, chtobi obyazatelno peredali yego samie teplie i iskrenniye privetstviya, nailuchshiye pojelaniya i blagoslovennie molitvi predsedatelyu Upravleniya musulman Uzbekistana, muftiyu sheyxu Nuriddinu Xoliknazaru.
Bilo vidno, chto predsedatel Sentralnogo duxovnogo upravleniya musulman Rossii muftiy Talgat Safa Tadjuddin proyavlyayet osobuyu glubokuyu lyubov k Uzbekistanu, Buxare i narodu Uzbekistana.
V xode vstrechi predstavitel nashego Duxovnogo upravleniya s uvajeniyem peredal privetstviya ot predsedatelya Upravleniya musulman Uzbekistana, muftiya sheyxa Nuriddina Xoliknazara.
V konse XVI Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii, priurochennoy 45-letiyu slujeniya Vere i Otechestvu Sheyx-ul-Islama Talgata Safa Tadjuddina, vistupil predstavitel Upravleniya musulman Uzbekistana Ibroximjon domla Inomov, kotoriy s uvajeniyem peredal Pozdravleniya Predsedatelya Upravleniya musulman Uzbekistana, muftiya sheyxa Nuriddina Xoliknazara.
Krome togo, muftiyu Talgatu Safe Tadjuddinu ot imeni predsedatelya Upravleniya musulman Uzbekistana, muftiya sheyxa Nuriddina Xoliknazara bil vruchen natsionalniy zolotoy xalat, osnovanniy na nashix natsionalnix sennostyax.
Muftiy Talgat Safa Tadjuddin so slezami na glazax i serdechnoy teplotoy virazil glubokuyu priznatelnost za stol visokoye uvajeniye i pochteniye, okazannie delegatsiyey Uzbekistana.
V xode slujebnoy poyezdki, vo vremya besed s ryadom gostey, posetivshix Mejdunarodnuyu konferensiyu, predstavitel nashey delegatsii rasskazal o tekushey rabote v nashey strane, osvetiv beschislennie usiliya, predprinimayemie nashim gosudarstvom i pravitelstvom dlya mira v strane, blagopoluchiya i zdorovya naroda, protsvetaniya nashey religii, i soobshil o znachitelnix reformax i bespretsedentnix novovvedeniyax vo vsex sferax nashey strani segodnya, osobenno v religioznoy sfere.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana