Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Yanvar, 2026   |   5 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:48
Shom
17:33
Xufton
18:49
Bismillah
24 Yanvar, 2026, 5 Sha`bon, 1447

Ramazon bu...

05.05.2018   81139   1 min.
Ramazon bu...

Ramazon istig‘for oyidir. Ya’ni, bu oyda farishtalar ro‘zadorlar uchun Allohdan mag‘firat talab qilishadi. Imom Ahmad “Musnad” kitobida keltirishicha, Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Ramazon oyida Mening ummatim boshqa hech qaysi ummatlarga berilmagan beshta xislat bilan ne’matlandi: birinchisi, Ro‘zadorning og‘zidan kelayotgan hid Alloh taolo uchun mushk-anbardan ham yoqimliroqdir. Ikkinchisi, ular to og‘izlarini ochgunlaricha farishtalar ularning gunohlarini kechirishini Allohdan so‘rab turishadi. Uchinchisi, Ramazon oyi kirganida do‘zax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi. (To‘rtinchisi,) Alloh taolo har kuni jannatni ziynatlaydi. So‘ngra: “Ey jannat, senga Mening ro‘zamni tutib qiynalgan solih bandalarim kirib rohatlanishlari uchun ziynatlan va bezaklaringni chiroyli qil!” deb buyuradi. (Beshinchisi, Ramazon oyining) oxirgi kechasida u(ro‘zador)larning gunohlari kechiriladi. (Sahobalar): “Yo Rasululloh, u Qadr kechasimi?” deb so‘rashganida, u zot (alayhissalom): “Yo‘q, lekin ishchi qilayotgan ishi bitganida unga haqini beriladi”, deb marhamat qildilar”. Ya’ni, u kecha Qadr kechasi emas, ammo xuddi birovga bir ish buyurilganida u o‘sha ishni bitirgach, haqini o‘talgani kabi, Ramazon oyi tugashi bilan Alloh taolo ro‘zador bandalariga haqlarini beradi – ularning gunohlarini kechiradi.

 

“Rahmat oyi ramazon” kitobidan

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi

21.01.2026   1884   1 min.
Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi

Shu yilning 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, tuman hokimi Sh.Rahmonov, shahar va tuman imom-xatiblari, "Haj – 2025" ziyoratchilari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. 
 

Tadbir doirasida kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, bemorlar ziyorat qilindi, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va duolar yetkazildi. Shuningdek, ayrim fuqarolar bilan tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazildi.


Yig‘ilish yakunida masjidlarda ma’naviy-ma’rifiy ma’ruzalar qilindi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida duolar qilindi. Tuman hokimi amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati

Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi Imomlar va hojilar faoliyati yuqori baholandi
O'zbekiston yangiliklari