Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Yanvar, 2026   |   25 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:36
Shom
17:21
Xufton
18:39
Bismillah
14 Yanvar, 2026, 25 Rajab, 1447

“Ramazon risolasi” anjumani

20.06.2017   6580   1 min.
“Ramazon risolasi” anjumani

Pokiston poytaxti Islomobod shahridagi “Alloma Iqbol” universitetida “Ramazon risolasi” mavzuida anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanda Pokiston Xalqaro Islom universiteti Da’vat akademiyasi mudiri, Professor Suhayl Hasan “Qur’oni karim va sunnati nabaviyyaga ergashish – muvaffaqiyatga erishish yo‘li” mavzusida ma’ruza qiladi. 

Anjumanni o‘tkazishga mezbonlik qilayotgan “Alloma Iqbol” universiteti mudiri o‘rinbosari Siddiqiyning aytishicha, mazkur “Ramazon risolasi” mavzuidagi anjumanni o‘tkazishdan talabalarga  Qur’oni karim va sunnati nabaviyya ko‘rsatmalarni o‘rgatish va ularni kundalik hayotiga tatbiq etishga qiziqtirish maqsad qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Islomoboddagi “Alloma Iqbol” universitetining 44 ta filialida Ramazon oyi davomida Qur’oni karim tilovati, Ramazonga oid ma’ruzalar va talabalar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkazilmoqda. Mazkur universitet dunyodagi nufuzli Islom universitetlaridan biri hisoblanadi.   

  Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

Ilyosxon Ahmedov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Rajab va sha’bon – baraka oyi

14.01.2026   343   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Videolavhalar