Kecha, 30 iyul kuni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qomita raisi Sodiq Toshboyev, diniy-ma’rifiy soha tashkilot rahbarlari hamda qo‘mita xodimlari ishtirok etdi.
Narbayeva tomonidan, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, soha vakillariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Kahhorovani Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori o‘qib eshittirildi.
Tadbir yakunida Dilbar G‘ulomovaga Qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati
Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.
Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.
Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA