Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Dekabr, 2025   |   10 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:05
Quyosh
07:29
Peshin
12:17
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
01 Dekabr, 2025, 10 Jumadul soni, 1447

Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi

05.12.2024   35786   1 min.
Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi

Navoiy shahrida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun 16-sonli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyat vakilligi homiyligi bilan yangi sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi.


Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyat vakilligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi vakillari, Navoiy garnizoni harbiylari ishtirok etdi.


Mazkur jismoniy-sog‘lomlashtirish majmuasi alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun davolash-gimnastika mashg‘ulotlarini olib borish, ularni ham jismoniy, ham ruhiy rivojlanishishga, zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashga imkoniyat yaratdi.


Ma’lumot o‘rnida ushbu maskanda bugungi kunda 108 nafar bolajon ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi Nogironligi bo‘lgan bolajonlarga sport zal qurilib berildi
Boshqa maqolalar

Bu Allohning yo‘li

28.11.2025   16097   1 min.
Bu Allohning yo‘li

حدثنا الدوري نا يزيد بن هارون أنا حماد بن زيد عن عاصم بن أبي النجود عن أبي وائل عن عبد الله قال: خط رسول الله صلى الله عليه وسلم خطا فقال: هذا سبيل اللهثم خط في جانبه خطوطا ثم قال: ”هذه سبل متفرقة على كل سبيل منها شيطان يدعو إليه“ وقرأ هذه الآية ﴿وأن هذا صراطي مستقيما فاتبعوه ولا تتبعوا السبل فتفرق بكم عن سبيله﴾.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bir chiziq chizib: “Bu Allohning yo‘li”, dedilar.

Keyin uning yoniga chiziqlar chizdilar. So‘ng: “Bular turli yo‘llar, har bir yo‘lda unga chaqirib turuvchi shayton bor”, dedilar va ushbu oyatni o‘qidilar: “Albatta, bu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo‘lidan adashtirmasinlar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi