Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha)

11.08.2025   980   1 min.
Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha)

Bugun, 11 avgust kuni Qashqadaryo viloyati (3-hudud) Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2025-2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari (test) davom etmoqda.  
 

Mazkur jarayonda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etmoqda. 


Dastlab abituriyentlar tartib bilan kiritilib, mutasaddilar tomonidan test imtihonini o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng test sinovlariga start berildi.   


Ma’lumot o‘rnida joriy yilda oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar qaysi fanlar bo‘yicha test sinovlari topshirilishi haqida xabar bergan edik


Imtihon jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha) Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha) Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha) Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha) Kirish imtihonlari Qarshi shahrida davom etmoqda (fotolavha)
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

11.08.2025   1339   2 min.
Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:

«Hech shubha yo‘qki, Alloh taolo Toha va Yasiynni osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgan. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida, ushbu narsa nozil bo‘ladigan ummatga Tubo bo‘lsin! Ushbuni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo bo‘lsin! Ushbu ila gapiradigan tillarga Tubo bo‘lsin!» degan».

Bag‘oviy rivoyat qilgan.

 

Sharh: Ushbu rivoyatda ham Qur’oni Karimning fazli qanchalar ulug‘ligini ko‘rsatuvchi ma’nolar kelmoqda. Albatta, bunda ham Qur’oni Karimni o‘rganishga, qiroat qilishga va amal qilishga targ‘ib bor.

Ushbu hadisi sharifda Qur’oni Karim nozil bo‘ladigan ummatga, Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga va Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» bo‘lishi xabar qilinmoqda. 

«Tubo» jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadi. Bularning hammasi ahli Qur’onga va’da qilinmoqda.

 

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Qur’oni Karimning fazilati ulug‘ ekani.

2. Alloh taolo Qur’oni Karimning Toha va Yasiyn suralarini osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgani. 

3. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida u nozil bo‘ladigan ummatga havas qilganlari. 

4. Qur’oni Karim nozil bo‘lgan ummat – Muhammad ummatiga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

5. Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi. 

6. Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

 

Hadis va hayot, 

“Qur’on fazilatlari” kitobidan.

Ibratli hikoyalar