Joriy yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov boshchiligida idora xodimlari hamda toshkent shahri imom-xatiblari O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida bo‘ldilar.
Diniy soha xodimlariga prokuratura tizimining ham shonli tarixi, ham sobiq mustabid tuzumning qatag‘on siyosati davridagi qonli o‘tmishi bilan yaqindan tanishdilar.
Muzey 7 bo‘limdan iborat. Uning fondida 5 mingga yaqin hujjat, 7 mingdan ortiq foto va videomateriallar, 2 mingga yaqin eksponat jamlangan. 36 ta asosiy ekspozitsiya stendlari joylashgan. Ularda Markaziy Osiyo hududida ilk davlatlar shakllanishidan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan prokuratura tarixi aks etgan.
Muzeyning “Yangi O‘zbekiston prokuraturasi faoliyati” nomli bo‘limidan so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan prokuratura sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot beruvchi eksponatlar joy olgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Xorijiy davlatlarga ishlash, malaka oshirish yoki o‘qish maqsadida bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olish, diniy-milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda bir guruh tajribali ulamo va imom domlalar Janubiy Koreyada xizmat safarini davom ettirmoqda. Jumladan, Fatvo markazi bosh mutaxassisi Saidjamol Masayitov, Toshkent shahridagi “Oq uy” masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonov, "Abu Saxiy” masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Mirsodiqov, Namangan shahridagi “Said Azim Xo‘ja” masjidi imom-xatibi Muhammadbobur domla Nasriddinov va Buxoro viloyati Romitan tumani bosh imom-xatibi Otabek domla Rahimov vatandoshlar bilan muloqotlar qilmoqda. Ushbu safarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Behzod Soipov hamrohlik qilmoqda.
Imom-xatiblar Janubiy Koreyadagi bir necha masjidlarda yuzlab hamyurtlarimizga halol rizq topishning fazilatlari, yot g‘oyalardan saqlanish, yurtga sadoqat, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, omonatga rioya qilish kabi mavzularda ma’rifiy suhbatlar o‘tkazishmoqda.
Vatandoshlarimiz bunday e’tibor va manfaatli ma’ruzalardan mamnun bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati